Muallifdan.. Dunyo judayam qiziq,va mavhumdir..Uning aldovlari va sir sinoatlari shu darajada ko’pki,ba’zan kishi lol bo’lib qoladi..Ammo shu o’tgan vaqtlar oralag’idan inson nimalarnidir yo’qotadi..Bulardan eng dahshatlisi esa hech narsani topa olmaslikdir..Zero o’tayotgan vaqtlarimiz barchasi o’zimizga haqiqiy katta dushman ekanligini unutmaylik..” Olamga o’z nurlarni ko’z ko’z qilganicha,osmonga quyosh ko’tarila boshladi.. Shahardan hayot esa qaynay boshladi..Ko’p qavatli uylaga esa o’z nurlarini erimasdan sochayotgan quyosh,shahar chetrog’ida joylashgan ko’p qavatli uylardan biriga ham o’z mehrini darig’ tutmadi..Ammo 3-qavatda joylashgan bu honadondan barcha nurlar ko’tarilib bo’lganini hech kim bilmasdi..Hatto buni yoritish uchun quyosh ham ojizlik qilishi mumkun edi.. Xona burchidan o’rin olgan soat esa tonggi 7:30 ni ko’rsatardi.. Nihola o’rnidan arang qo’zg’oldi..Negadir beli juda ham sanchib og’rir edi..Kechagi kaltakning zarbidan hali ham halos bo’la olmagan chog’i..Inqillagancha o’rnidan turdida,narigi xonaga chiqdi..Qisqa koridor joylashagan bo’lib,chap tomondagi ikkinchi xona eshigi qiya ochilgan,ostonada esa dadasining kiyimlari sochilib yotar edi.. Nihola engashib kiyimlarni yerdan terib oldi-da,ichkariga bir qur nazar tashladi.. Ichkarida esa kechagi ichkilik zo’ridan bo’lsa kerak,polda chalqancha bo’lib dadasi yotar edi.. Xonadan esa badbo’y aroq hidi anqir edi.. Nihola ichkaridan chiqayotgan bu xidga toqat qila olmadi..Dadasiga nafrat bilan qaragancha eshikni yopdi-da,oshhona tomonga yo’l oldi.. Oshxonadagi holatni ko’rib esa tepa sochi tikka bo’ldi.. Ichkari shu darajada ivirsib yotar ediki,hatto boshqa biror kimsa kirsa bu holatdan ko’ngli ozib yiqulgidek darajada edi.. O”rtaga qo’yilgan stol ustida yarimigacha ichilgan aroq shishasi,uning yonida esa stol ustiga to’kib sochilgan salatlar..qisqasi bu holat aytarli yomon darajadan ham yomonroq edi.. Nihola asabiylashib stol ustini yig’ishtirishga unnadi.. -Ufff,jonga tegdi.kuniga shu ahvol..! O’z o’ziga gapirib to’ng’illagancha amal taqal qilib bir navi yig’ishtirib olgandan so’ng ko’ngli biroz yorishgandek bo’ldi.. Almisoqdan qolgan xolodilnikni ichini ochib,ichkariga nazar tashladi..Xolodilnikdan ikkita tuxumdan bo’lak hech vaqo yo’q edi.. Tuxumni olib,tovaga solgancha nonushtaga unnadi.. Bu orada esa soat millari 9;00 ga qarab yetib olgan edi.. Nihola nonushtani tayyorlab stol ustiga hozirlagandan so’ng esa,dadasi yotgan xonaga yo’l oldi.. Ichkariga kirib dadasini uyg’otmoqchi bo’ldi.. -Dada,turing,tong otdi..hali ishga borishingiz kerak..! Lekin bu tahlid so’zlar kechasi bilan bo’kib ichgan so’loqmondek erkakni uyg’otishga ojizlik qilar edi.. Nihola ham buni sezdi shekilli,qo’li bilan turta boshladi..Harqalay besh olti marotaba urinishdan so’ng esa,dadasi qimirlab qo’ydi. -Nimaaa deysan..eeee onangni…..dadasi so’kingancha mudrab ko’zini ochdi.. -Dada nonushtani tayyorlab qo’ydim..ishga borishingiz kerak,axir..turmasangiz bo’lmaydi..Hali zamon tush bo’ladi..soat ham 9 bo’ldi.. Dadasining ko’zlari katta katta bo’lib ketdi.. -Jin ursin,ishga kechigadigan bo’ldim.. Shosha pisha o’rnidan sakarab turdiyu,engina kiyimini ilishga tutindi..Yuz qo’lini yuvishni ham unitib,eshikka qarab otilib chiqib ketdi.. Nihola dadasining ortidan chiqishga harakat qilgan edi,koridordan eshikning zarb bilan taqqilab yopilganinigina eshitdi holos.. Nihola chuqur uf tortgancha dasturhon boshiga borib,nonushta qila boshladi.. Oyanini bir tavaqasini ochib,erta baxor havosidan ko’ksini to’ldirib,chuqur chuqur nafas olgancha tashqariga qaradi.. Oynak ortida esa hayot go’yo qaynar edi..Kimdir ishga,yana kimdir boshqa tirikchilik dardi bilan uyoqdan buyoqqa yelib yugurar..Uy ichidan o’tiraverib diqqinafas bo’lib ketgan endigina o’n sakkizni qoralagan qizgina esa ularga havas bilan qarab turar edi.. Uning bokira ko’nglidan esa,o’sha bundan ikki yillar muqaddam bo’lgan voqealar esa gavdalana boshladi.. O’sha damlarda barcha ularning oilasiga havas bilan qarar edi..Hatto qo’ni qo’shnilari ularni oilasini bir birovlariga ibrat bilan ko’rsatishardi.. Ammo ko’z tegdimi bib binoyidek oiladan qut Baraka ko’tarildi.. Endilikdan tinch oilada tez tez janjallar bo’ladigan..Umrida onasiga biror qo’pol so’z ishlatmagan Orif aka,endilikdan ikkilanmasdan onasiga qo’l ham ko’taradigan bo’ldi.. Kuniga davom etayotgan ichkiliklar ta’siridan butunlay Orif aka o’zligini yo’qotdi.. Uning atrofida girdikapalak bo’layotgan oshnalari esa tinmay uni ichkilik olamiga boshlar,Orif akayam bundan hushnud holatda,ichkiliklar ta’siridan sarhush edi.. Onasining kuyib pishib,Orif akani bu yo’ldan qaytarishga bo’lgan barcha urinishlari zoya ketardi.. Onanasini uni bag’riga bosgancha burchakka biqinvolib qon yig’laganlari hamon esida.. O’sha damlarni eslasa eti uvushib ketardi.. Onasi Sharifa opaning tinmay hudoga qilgan nolalari ham behuda va besamar edi.. U har doim qizining mungli ko’zlariga boqar ekan,yuragi ezilib ketar edi.. Bir safar hatto kayfining zo’ridan Orif aka Niholani o’lasi qilib kaltakladi.. Ona bilan qizining qo’lidan esa hech narsa kelmasdi..Ammo bechora ona qo’ni qo’shnilarni gap so’zidan qochib biror marotaba eridan shikoyat qilgan emas,U shunday oriyatli ayol edi.. Orif aka esa Sharifa opaning bolalar uyida katta bo’lganini pesh qilganicha,uning hech kimi yo’qligidan foydalar edi.. Oradan shu tahlid vaqtlar o’tar,hatto qo’ni qo’shnilarning ularni murosaga keltirishga bo’lgan urinishlari ham zoya keta boshladi… Kunlardan bir kun shunday voqea yuz berdiki bu voqea sabab Niholaning barcha orzulari chilparchin bo’ldi.. Orif aka odatdagi ulfatchilikdan so’ng uyiga o’ziga o’hshagan g’irt mast alast o’rtoqlarini boshlab keldi.. Uyda ham ichkilikdan maromidan bo’lgandan so’ng,uning ulfatlaridan biri shunday deb qoldi.. -Og’ayni..Mana sen bilan biz yaqin oshnalarmiz..Hadeb bir hil kayfu safo qilish ham medamizga tegib ketdi..Kel shu narsalarga qo’shimcha qilamiz…! -Tuushunmadim seni..Bu ichkilikdan muhimroq narsalar ham bormi bu dunyoda og’ayni..! Dedi Orif aka. -Bo’lganda qandoq,mana masalan qimor degan narsalarni sen tushunasanmi..?! -Tushunamankuya,ammo biror marta o’ynab ko’rmaganman. -Unaqada yanayam yahshi..Menda bir fikr bor..QIttak qittak ustidan bir tashlashib ko’rmaymizmi..?! -Qanaqa bo’lar ekan..Orif aka o’ylanib qoldi.. -Oshna zo’r bo’ladi..Tushunayapsanmi zo’r..Qimorni bilasang erkaklarga chiqargan..Qayoqdagi haji qiz emassanku..Qayerda qoldi sening mardliging..?! Oxirgi so’zlarinig kuchi ta’sir qildimi,yohud ichilgan spirli ichimlik ta’siridanmi..Orif aka qanday rozi bo’lganini bilmay qoldi.. -O’yanasak o’ynapmizda..Nima meni shu arzimagan o’yindan qo’rqadi deb o’ylayapsanmi.. Bilsang men erkakman..Va menga bunaqa chirkin o’yinlar "Chepuxa” O”rtada kuchli qahqaha ko’tarildi..Va barcha og’aynilar berilib qartalarga yopishishdi…
Davomi bor..
Muallif:EL_SHaFeY
|