Izlarimga zor bo`lasan eh bu dilim seni deya kuyib ketti, sevging nahot ayriliqga ko`nib ketti, bilmam taqdir peshonamga neni bitti, meni sevging azoblarga solib ketti.
orzularim senla edi doim butun, maroq ila so`zlashardik bo`lguncha tun, senla har dam yurgan yo`lim bulsa yorug` bugun esa sensiz yo`lim to`la tutun,
qani sabab ayriliqga topchi o`zing o`ylab o`ylab topolmadim tinglab so`zing nima desang rozi bo`lib eshitayin, faqat menga tik qarab aytsin ko`zing.
meni yomonlab o`zgalarga nima ko`rding bug`doy ekib nahot endi arpa o`rding, bo`xton toshi otganingni raxmati shu ne desang xam baxtliman-ku mana ko`rding.
nima emish xiyonatni men qilibman seni xam o`zgani xam teng bilibman aslidachi senga aytsam xaqiqatni sendan kechib o`zgani tanlab to`gri qilibman
mayli gapir kuching yetsa ne desang xam gaplaringni o`ylab dilni qilmayman g`am yillar o`tib eslagaysan faqat shuni bu dunyoda mendayin qiz aslida kam
o`zga guldan iforimni topolmaysan meni o'ylab kechalari uxlolmaysan sog`inganim bildirmayman desang xam sen baribir oyni etak bilan yopolmaysan
bir kun kelib eslagaysan so`zlarimni, seni mushtoq kutgan ohu ko`zlarimni kelib mendan kechirimlar suragaysan ammo senga kursatmasman yuzlarimni
kun keladi izlarimga zor bo`lasan o`zga qizlar qo`llarida xor bo`lasan qadrim bilib kech bo`lganda kelganingda unutmagin hayotimda yuq bo`lasan
|