Bu bahsni ochishdan maqsadim xamma o'z ismini ma'nosini bilsin. Xamma o'zi bilgan ismni ma'nosini yozsa kirgan a'zolar o'z ismini xar xil ma'nolarini bilishga muvaffaq bo'ladilar...
Gulnora: Anor gullaganda shu ism qo'yiladi Bu ism anor guli ma'nosini bildirarkan...! Arofat: Arafada tug'ilgan qizlaga shu ism qo'yiladi. Iroda: irodali qiz bo'lsin, xamma xavas qiladigan qiz bo'sin. Aziz: aziz, mo'tabar kunda tug'ilgan bollaga shu ism qo'yiladi. Baytiyor: xammaga baht ulashsin baxtiyor qilsin deb shu ism qo'yiladi. Ziyoda: qizla yetarli yani ziyod(a) bo'ldi endi o'gil farzand bergin deb qo'yiladi. Muzaffar: RAVSHAN: nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin. GULCHEHRA: gulyuzli, chiroyli qiz,bu ismning ma'nosi doimo zafar qozonuvhchi,yangicha ibora bilan etganda ''lider''degani, SHAHNOZA: shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz. SHAHOBIDDIN (a.) - dinning yorqin, nurli yulduzi deb atalgan ekan.. SHAHLO: katta, qora ko’zli, go’zal qiz. JAHONGIR - jahonni zabt etuvchi, fotih. Safina- aynan kema, NUX Alayxissalomning kemasi, u najot ramzi deb tasavvur qilinadi, yoki shirin so'z, shirinkalom qiz yoxud yaqin samimiy do'st. Doston - dovruqli, taniqli, mashxur. Dilafruz- dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi,dilni yayratuvchi. Xolida- abadiy, mangu turadigan, umri uzoq qiz. ( sizzi ismiz abadiy qoladi manimcha). Ramazon- qamariy yil xisobining to'qqizinchi oyi (ramazonda) tug'ulgan bola. Bu oy xosiyatli qutlug' oy xisoblanadi. Azim(hon)- ulug'vor, ulkan, qudratli, mashhur. Zebo- ko'rkam, chiroyli, go'zal xusn soxibi, ayollarning eng go'zali. ( zo'ru ismlarini ma'nosi). Zilola- tiniq suvdek pokiza, toza qiz. ( Toza deganda qalbi chuniladi, ya'ni qalbi toza ma'nosini bildiradi). Jamshid- ulug', ulkan, muazzam. Saida- baxtli, saodatmand qiz. Siroj: yorug'lik, nur, mashal. Bexruz: aynan baxtli kunlar, yani baxtli, saodatli kunda tug'ulgan. ZULFIYA-Sochi o'ralib tug'ilgan, jingalak sochli qiz. Abbos: payg'anbarimizni isimlari bo'lgani uchun qo'yilar ekan yoki qovog'i soliq,badjaxl,beshafqat yoki dovyurak,jangovor. Farangiz degan ism Quyoshni yuzi degan ma'noni anglatadi arabchadan tarjima qilganda va nur sochuvchi, ziyokor yoki go'zal zebo,suyukli Mohichehra,Mohinur va Mohira degan ismlar Ramazondek ulug' oylarda tug'ilgan chaqaloqlarga qo'yiladi Muhamad degan isim eng go'zal isimlardan bri sanaladi Muhamad ismi manosi shuki yo'l boshlovchi qorongi yo'lni yorutkuchi mehir muhabat uygotuvchi isim sanaladi Sanjar-aynan sanchmoq,pichoq bilan urmoq,shiddatli,o'tkir, kuchli yoki qala, qo'rg'on, yoxud g'olib muzaffar. ASAL:Bol shirin,yani yoqimtoy, suyukli qiz. GO'ZAL:ko'rkam, chiroyli, zebo. UMIDA:orzu qilingan kutilgan qiz. DILNOZA:ishvali,nozli qalb egasi,nozik, nafis,dil soxibi. NILUFAR:Nilufar gulidek chiroyli zebo qiz. Munisa:do'st,o'rtoq,sirdosh,sodiq do'st. Diyor: o'lka, ona yurt farzandi. Muslima: Musulmon, xudojo'y ayol. Muslim: Islom diniga bo'ysingan, musulmon, xudojo'y. Ali: Eng yuksak, eng ulug', yuqori martabali. Bu nom Muxammad (s.a.v)ning kuyovi to'rtinchi xalifaning ismidir. Bekzod ....beklar zotidan nasl nasabi degan ma'noni bildiradi Sherzod:aynan sher bolasi yani dovyuraklar,jasurlar avlodidan bo'lgan bola. Sevara: suyukli,yoqimtoy,qadrli,aziza qiz.
|