Главная » 2012»Октябрь»9 » Internetga bog'liqlik ruhiy kasallik sifatida tan olindi
00:53
Internetga bog'liqlik ruhiy kasallik sifatida tan olindi
Internetga bog'liqlik ruhiy kasallik sifatida tan olindi
Ruhshunoslar va psixiatrlar xalqaro hamjamiyati internetga bog'liqlikni ruhiy xastalik turi sifatida rasman tan olishga qaror qildi.
Ushbu qaror "Diagnostic and Statistical Manual for Mental Disorders" xalqaro entsiklopediyasiga kiritiladi. Mazkur nashr 2013 yilning may oyida chiqarilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Independent News. ..................................................................................................................................................................................................... Aytish joizki, anchadan buyon ko'pgina nufuzli mutaxassislar internetga bog'liqlikni davolanishi kerak bo'lgan ruhiy xastalik ekaniga urg'u berishmoqda. Xususan, ushbu nuqtai nazarni Amerikaning Oregona salomatlik va fan universiteti mutaxassisi Jerald Blok ilgari suryapti. Uning aytishicha, Internet ayniqsa 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. ...................................................................................................................................................................................................... Oldin xuddi shunday xulosani kompyuter o'yinlariga bog'liqlik fenomenini o'rgangan xitoylik psixiatrlar bildirishgandi. ...................................................................................................................................................................................................... Mutaxassislar kiber-bog'liqlikning asosiy alomatlari sifatida tarmoqqa chiqa olmaslikdan achchiqlanish, doimiy tarzda onlaynda bo'lishga intilish, diqqat-e'tiborning buzilishi va internetdan tashqrida boshqa narsalarga nisbatan e'tiborning yo'qligi ko'rsatishyapti. Bundan tashqari, Internet bilan "kasal” kishilar uyqusizlikdan azoblanib, eng zamonaviy qurilma va dasturiy ta'minotni sotib olishga bo'lgan intilishi bilan ajralib turishadi. ....................................................................................................................................................................................................... Internet bilan "kasal” kishilar uyqusizlikdan azoblanib, eng zamonaviy qurilma va dasturiy ta'minotni sotib olishga bo'lgan intilishi bilan ajralib turishadi<hatto ozimdaham wunday holatlar bolgan>