Yaponiyaning Tayota avtokorxonasi avto ko`rgazmada so`ngi modelda ishlab chiqarilgan Tayota Fun-Vii avtomobilini namoyish etdi.Ushbu modelni zamonaviy interaktiv jixati shundaki siz xar kuni mashinangizni tashqi ko`rinishini o`zgartirish imkoniyatiga egasiz. Shuningdek Avtomobilning kuzovi katta displeydan tashkil topgan. Siz avtomobilingizni nafaqat o`zingiz xoxlagan rangga o`zgartirishingiz balki videolavxalarni avtomobil kuzoviga uzatib, uni ko`rish imkoniyatiga ham ega bo`lasiz.Qolaversa uy kinoteatri sifatida ham undan foydalanishingiz mumkin bo`ladi.Mobil telefoningizdagi rasm yoki videolavxani gologramma orqali mashina kuzov ekraniga o`tkazsangiz, avtomobil sensor displey tizimiga o`tadi va siz xech qiyinchiliksiz mobil telefonigizdagi barcha funktsiyalarini barmoqlaringiz yordamida boshqarish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Tayota Fun-Vii ni aynan manashu jixati mutaxasislarni xayratga soldi. Unga qo`shimcha yangi nom ham berishdi ya`niy «g`ildirakli smartfon».Ko`rgazmadan videolavxani etiboringizga xavola etamiz.