Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida yashovchi ikki yoshli bolakay internet-lotereyada 6,28 million yuan yutib oldi. Bu taxminan 1,03 million AQSh dollariga teng, deya xabar bermoqda "ITAR-TASS” agentligi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaning ota-onasi unga klaviaturada ixtiyoriy sonlar ketma-ketligini bosish imkonini bergan. Aynan shu raqamlar oilaga jekpotni yutib olishiga yordam berdi.
Bolakayning ota-onasi yutuqni lotereya markazida qabul qilib olishdi.