Derazadan boqib, yosh to'kardi qizcha, Hayotdan zavqlanib kuylardi bir qushcha. Qizning qushchaga havasi keldi, Ko'ziga yana yoshlari to'ldi. Otasi va onasi qizchaga qayg'urardi, Qiz esa ularni holi ne kechishin o'ylardi. Kasalxona hovlisiga boqib, o'z o'limin kutardi, Onasi esa sochin silab yig'layotgan qizini ovutardi. Qiz: Onajon, ranjimang mendan, istamas edim, Hayotda sizdan ko'p yaxshiliklar ko'rdim. Axvolimga boqib qistayapti kulgim, Lekin zarracha ham kelmayapti o'lgim... Ishoning menga juda yashagim kelyapti, Yuragim esa kun sayin sekinlashyapti. Esingizdami, 4yoshga to'lgan edim, Bo'larda kattakon bog'imiz, Daraxtlar orasida o'ynab yurardim tashvishsiz. Bir kun meni yo'qotib qo'ygan edingiz, Bor ovozda baqirib, "Meni qo'rqitma qizim" dedingiz. Nahot endi umrim bog'ida yo'qolaman takroran, Topolmaysiz ming bora sarson bo'lib. Ketganim so'ng bir biringiz asrang avaylang, Qalbingizga ulkan sabrni joylang!!! Yig'lamang, bir qatra yosh to'kmang, Bu mening vasiyatim, shuni unutmang! Qizning so'zlarin tinglab ona behol qolardi, Olis o'tmishni eslab, o'ylarga tolardi. *** Qizcha tug'ilganda biroz nimjonroq edi, Ko'rgan odamlar boqib, "nogironmi?" derdi. Ona asabiy bo'lib jerkib berardi, Qizcha hech narsadan bexabar shodon kulardi. Yillar o'tib qizaloq erka bo'lib ulg'aydi, Ota - onasi hanuz ko'ngliga qaraydi. Bir kun maktabdan qaytayotib qizaloq, Yo'l - yo'lakay avaylab terdi qizg'aldoq. Yo'lin qisqa qilish edi maqsadi, Shu sabab to'xtab turgan poezdning ostidan o'tadi. Ne bo'ldiki, bilmadi, quloqlar shang'illadi, Poezd birdan harakatlanib, yurib ketadi. Qizcha bilmaydi ne qilishin, Sezib turardi yo'li emas, umri qisqarishin. Shu dam birdan yotib oldi ko'zlarin yumib, Onasi esa yo'l chetida turardi uni kutib. Poezd o'tib kegach, ona tanish kiyimlarni ko'rdi, Esin yo'qotgan qizcha sekin o'rnidan turdi. Qo'rqib ketgan ona qizi tomon yugurdi, Keyingi poezd kelguncha, uni yo'l chetiga olishga ulgurdi. Qiz telbalardek ko'zin bir nuqtaga tikkandi, Go'yo bu dunyo borligin u unutgandi. Biroz o'ychan turib xushidan ketdi, Onaizor uni uyi tomon eltdi. Shundan so'ng qizchaning ahvolin tushunib bo'lmasdi, Nomiga bo'lsa ham bir bor kulmasdi. Ko'p davolanishlardan so'ng qizning ahvoli o'nglandi, Bu vaqtda qizcha 19ga kirgandi. U talaba edi o'sha damlar, Havas ila boqardi unga odamlar. Halokat butkul unutila boshladi, Poezdni ko'rgach esa qizchaning jazavasi oshardi. Bunga chek qo'yish maqsadida ota ko'chib ketishga qaror qildi, Ona va qiz tezda uydagi buyumlarni yig'ishtirdi. Ko'p qavatli uylarning biridan olishdi 2 xonalik uycha, Qo'shnilar bilan tanishish uchun uyishtirishdi kichik bazmcha. Kunlar o'tardi bir xil, qiz zerikardi, Har kun institutga borib kelardi. Bir kun ko'chada ketayotib nogoh, Mashina kelib qolganidan bo'lmadi ogoh, Mashina zarbiga berolmash u dosh, baqirdi deya "Oh", Bunga bir yigitgina bo'lgandi guvoh. Nomard shafyor ortga qaramay qochdi, Yigitning esa bundan fig'oni oshdi. Olib borishdi uni yana kasalxonaga, Xabarni yetkazishdi sho'rlik onaga. Qiz ahvoli o'nglanmog'in kutardi bo'lib betoqat, Ona esa Ollohga qilar ibodat. Yigit ham edi bularga hamrox, Onaning dodlariga dosh berolmay chekardi oh. Yigitning qizchaga juda havasi keldi, Qiz hayotda bularga juda kerakligin bildi. Qo'limdan kelsa edi, ularga yordam qilardim, Bu qo'limdan kelsa, mamnun holda o'lardim. Yetimxonada o'sgan bola bo'lsam, kimga ham kerakman, Na bir yurtga foydam tekkan, na bir ustunman, na tirgakman. Shu dam doktor kelib ularning yoniga, Uni chet elga yubormoq lozimligin tushuntirdi, "Ikkinchi halokat qizingizning yuragin urintirdi. Qiz qo'rqib ketgach, yurakda o'zgarishlar, Bizning qo'ldan hech narsa kelmaydi, besamar urinishlar." Ota - ona o'yga toldi ne ham qilsin, Chet elga hasta qizin qanday oborsin? Axir bisotida bori shu ikki xonalik uyi, O'yga tolgan otaning uchdi rangi ro'yi. *** Shu dam chalg'idi onaning hayollari, xonaga kirib keldi ikki notanish, Deraza ortidagi qushcha esa mayin etardi xonish. Kelishilgan pullarni topshirishdi qizning otasiga, Chiptalarni keltirib berdi onasiga. Ota - ona xayron bu bizga emasdur, adashyapsizlar, "Bu sizlarga, shoshilingiz samalyotga kech qolyapsizlar." Bola ruxi shod bo'lib uchar edi falakda, Ikki inson joni ekan bitta yurakda. Oradan o'tib 8oy ular yurtiga qaytishdi, Yigitning qabrin topib unga raxmat aytishdi. O'z o'g'illaridek unga ehtirom yog'dirdi, Har tong kelib qabrga, duo o'qirdi. Bo'lgan voqea edi asli bunday, Bundan xulosa chiqarar hamma har qanday: Xuddi shu kasalxonada yana bir qizcha jon olishardi, U uchun yuragin beruvchi bir donor izlashardi. U ko'p umr ko'magan, atigi 17 yoshni qarshilagan, Ota - ona esa u uchun yurak qidirib charchagan. Unda bor edi, chiroy, qomat va boylik, Umri esa qisqa, hayoti qolgan 2 oylik. Ko'ksin yorib, hasta yurakni uloqtirish kerak, Lek qizchaga topilmasdi sog'lom bir yurak. Bundan xabar topgan yigit xursand bo'ldi, Qizga donor bo'lmoqqa qaror qildi. Kelishildi sotilgan yurak uchun pullar, Ikki qiz uchun ham ochiladi yo'llar. Operatsiya muvaffaqqiyatli yakun topdi, Qizcha yashashi mumkin edi endi. Ammo yigit yashay olmaydiku yuraksiz, Jasadin o'likxonaga eltishdi, endi u keraksiz. Uni yuragin olgan qiz sog'om hayot kechira boshladi, Ota - ona xursandlikdan ko'zlarini yoshladi. Yigitni jasadin topib, uni dafn etishdi, Chet eldagi ota onaga qabr manzilin aytishdi. Bir begona yigit qayg'urdi qizcha uchun, Uni saqlab qolish uchun yuragini pulladi nechun? Axir parvo qilmasdan ketsa ham bo'lardi-ku, Yillar o'tib uning ham baxti kulardi-ku. Lek onaning ko'z yoshlariga u dosh berolmadi, Bu ojizlikka shundoq qarab turolmadi. Sho'rlik yigit ona mehrin bir bor his etmagan, Peshonasidan mehrli lablar "Bolajonim" deya o'pmagan. Dunyoda eng keragi, kimgadur kerakli bo'lib yashash, Kerak emas sizga talpingan insonni yuragin g'ashlash... Xullas bor gap shu do'stlarim, Bugun biroz cho'zilib ketdi so'zlarim. U mard yigitning ruxlari shod bo'lsin, Bu voqea esa sizlarga saboq bo'lsin.
|