Masjid darvozasidan maktab kiyimida chamasi
olti, yetti yoshlardagi bolakay kirib kelib, so’l
tomondagi o’tirg’ichda suhbatlashib o’tirgan
nuroniylarga salom berdi: "Assalom-u alaykum.”
Qariyalar hayron bo’lishib: "Vaalaykum assalom,
katta yigit bo’ling, keling bolam, kimni izlab
keldingiz? Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon
chollar hayrat aralash bir-birlariga qarab, jim
qolishdi. Bolakay davom etdi: "Qayerda
o’tiribdilar? Iltimosim bor edi….” Qariyalar
orasidan bir odam turib, bolakayning oldiga kelib,
cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim sizga bu haqida
aytib berdi? Kimning o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili
bilan so’zladi: "Ahmad domlaning, buvim
aytgandilar, bu yer Hudoning uyi ekan, kecha
yana aytdilar, u kishi har diyonatli bandasining
tilagini bajararkan. Men ham u kishining bandasi
ekanman, hali gunoh ish qilmagan ekanman,
yaxshi bola bo’lganim uchun men ham diyonatli
ekanman, u kishidan so’raydigan juda muhim
iltimosim bor….” Amaki o’ylanib qoldi, Ahmad
domla, kim ekan u, hali jajji bo’lsa ham, yaxshi
tarbiya olibdi bolasi. Keyin, bolakayga yuzlanib:
"Yuring, hozir birga tahorat olamiz, keyin
Hudodan iltimosingizni so’raymiz.” Bolakay ho’p
degandek boshini qimirlatdi, va amakining
ketidan ergashib, xuddi bir narsaga ulgurmay
qolayotgandek shoshib-shoshib yuz qo’llarini
yuvdi.Keyin masjid ichkarisiga kirib, peshin
nomoziga tayyorlanishdi. Amaki unga: "O’glim,
hozir hamma duoga qo’l ochganda siz ham qo’l
ochib Hudodan iltimosingizni so’rang.” Bolakay
yana ho’p degandek boshini qimirlatib, qator-
qator odamlar orasidan Hudo kim ekan deb
izladi. Nomoz so’ngida hamma duoga qo’l ochib
duo qilishni boshladi. Bolakay ham qo’llarini
qovushtirib: "Buvim aytdilar, meni yoshimdagilar
farishta bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz,
o’zimga kerakmas, dadamlarga yordam bering,
oyimni asrab qola olmayotgan ekanlar.
Aytishlaricha, oyimni faqatgina sizning
yordamingiz qutqarar ekan. Mashinachalarimni,
mayli, rasmli kitoblarimni ham oling, faqat
bittagina oyimni olmang, koptok olaman deb
ohirgi qordan beri yig’ayotgan pulim bor, uniyam
beraman….Singlimni bog’chadan olib uyga
qaytishim kerak, uniyam, meniyam oyimlarni
oldilariga kiritishmayapti, sog’indik, ayniqsa
singlim, kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi, menku
kattaman, o’gil bolaman, chidayman. Hech
bo’lmasa oyim singlim bilan qolsin. Iltimos….
Omin, Olloh-u Akbar” – dedi-da yugurib
ko’chaga chiqib ketdi. Amaki, bolakayning
gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki bugun peshindan
keyin chiqarilishi kerak bo’lgan matematika
o’qituvchisi Ahmadning xotini vafotini eslabmi
ko’zidan yosh sizdi….
|