Ukinch otlig’,bir ro’yolar qilsa abgor, Bu yo’llarim,shu yurakka kelsada tor, Hatto endi topilmayin,bitta mozor.. Hislarimni.. ko’zlaringga ko’mib qo’ygin..!
Adash yo’lda,musibatlar solsa qiyo, Kunlarim ham,tushlaringga bo’lsa ro’yo, Magar..sevging qabul qilmas bo’lsa dunyo.. Hislarimni..ko’zlaringga ko’mib qo’ygin..!
Gar aytsalar..nechun bunday bahtsiz sevging..? Mendan boshqa topolsang gar loyiq tenging..! Charxi dunning yozmishini kelsa..bilging..! Hislarimni..ko’zlaringga ko’mib qo’ygin..!
Ne ekan bu..?ojizligim bo’lmish sabab.. Erkin o’lar bo’lsa..o’yga cho’mib to’ygin.. Jonsiz murdam..saqlar bo’lsang mangu asrab.. Hislarimni..ko’zlaringga ko’mib qo’ygin..!
Hislarimni ko’zlaringga ko’mib qo’ygin..!
Muallif:SODIQLIK
|