Joriy yil birinchi choragi yakunlariga ko`ra, spam tarqatish bo`yicha Hindiston dunyoda birinchi o`ringa chiqib oldi.
Bu haqda axborot xavfsizligi bilan shug`ullanuvchi Sophos kompaniyasi ma`lum qildi.
Shunday qilib, yanvar-mart oylarida dunyo bo`ylab tarqatilgan spamlarning 9,3 foizi aynan Ҳindiston hissasiga to`g`ri keladi.
AQShning bu boradagi ko`rsatkichi sal kamroq – 8,3 foiz. Aytish kerakki, o`tgan yilning xuddi shu davrida eng ko`p spam «sehrli diyor»dan tarqalar edi (13,7 foiz).
«Chaqirilmagan mehmonlar»ni tarqatishda janubiy Koreya (5,7%), Indoneziya (5%) va Rossiya (5%) ham anchagina faol.
Sophos kompaniyasining ta`kidlashicha, spam tarqatish borgan sari kamaymoqda. Chunki spamchilar spam jo`natishning samarasi kamligini anglab etishmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda «jonbozlik» ko`rsatishni ma`qul ko`rishmoqda.