Balki seni yo’ldan urgan shayton bo’ldi, Chimildiqsiz tunda oy ham hayron bo’ldi. Bitta g’uncha ochilmasdan xazon bo’ldi, Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qiz, Hayotida oppoq libos kiymagan qiz. Gunohingni ko’z yoshlaring yuvmas endi. Havas qilgan yigitlar ham quvmas endi. Afsus senga hech kim sovchi qo’ymas endi. Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qiz. Hayotida oppoq libos kiymagan qiz. Karnay-surnay chalinmasdan o’yin qoldi. Yor- yor degan hayajonli kuying qoldi. Bahorlarda belgilangan to’ying qoldi. Gul yoshida o’z-o’zini tiymagan qiz. Hayotida oppoq libos kiymagan qiz. Oh ursang ham Ollohga yetmas endi. Ming ta’zim qilsang ham otang kechirmas endi. Hech kim seni nazariga ilmas endi. Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qiz. Hayotida oppoq libos kiymagan qiz..!!!
|