Doktirlarning aytishicha kassaligim yaxshi kassaliklardan biri emish. Hech anglamagan ekanman kassalikni ham yaxshisi bor bo’lishini. Lekin tushunmasdim nima sababdan menda bunday kassalik borligini. Og’riqdan tanam butunlay juvishib ketardi. Qalbimda negadur o’zimga va o’zgalarga nisbatan mehr muhabbatim so’nib borardi. Har bir to’kilayotgan soch tolalarimni ko’rsam umrim huddi shu soch tolamdek so’nib borishi hayolimga sig’masdi. Lekin kechayu kunduz dori-darmon olib o’z hayotim uchun o’zim kurashardim... Har kecha uyquga ketish oldidan qo’limni duoga ochib rahimdil Allohimdan ertangi kunni ko’rish nasib qilisin deya duo qilaman...Ota-onam hali-hanuz ko’z yosh to’kar va qayg’urardi...Do’stlarim bilan ko’rishish nasib qilmasdi biroq endi doktirlar mening yaqin sirdoshimga aylangandi... Lekin haligacha anglab yetmasdim qanday qilib bu yaxshi kassalik deya nomlanishini.... Shu kassaligim bois mana 2 yildirki kurashib kelmoqdaman. Bu tufaylik tashqariga chiqib toza havodan o’zim to’yguncha nafas ham ololmayman... Derazadan o’tgan-ketganlarga havas ila qarab kuzatib yotaman. Ohirgi vaqtlar negadur salga hansirab charchab qoladigan ham bo’lib qoldim... Lekin qani kim aytadi buni yaxshi kassalik deb…Hatto bundayin kassalikni ohiri o’lim bilan tugaydigan bo’lsada, nega yaxshi kassali deya nomlashadi. Alam qiladigani esa… oyog'im bo'lsayu yurolmasam, aql rasoyim bo'lsayu u ham ishlashdan pand bersa, jigarim boru lekin u ham chirib ketgan bo'lsa, yuragim boru u ham hasta bo'lsa…ha bir kam dunyo deganlari shu bo’lsa kerak… Ko'zlarim ochig'u ko'ra olmayman Oyoqlarim butun yura olmayman Qaddim raso lekin tura olmayman Men nechun yaraldim Allohim.... Avvalari azobu iztiroblarga, xastalikka ko’milgan bu umrim qachon nihoya topar ekin derdim, biroq endi hech yengilmayman, o’zim uchun kurashaman. Ota-onamni bunday yig’latib ketishni hohlamayman. Do’stlarimni tashlab ketomoqchimasman. Ular bilan ko’cha kezib oldingi ahmoqona qiliqlar qilishimni davom ettiraman.. Kelajagim qanday kechadi bu menga qorong’u, lekin men ham o’zga qizlar kabi erga tegib, shirindan-shirin farzandlarni onasi bo’lishni orzu qilaman... O’zimga ishonaman, balki kuchli yengilmas qiz ekanligimni ko’rsatish vaqti kelgandur. Nima bo’lsa hamki hanuz anglab yetolmadim bu qandayin yaxshi kassalik ekanin… Tashqarida yomg’ir sel kabi quyib, uyqimni ham o’chirgandi. Uning ovozli tomchilari go’yo o’zimning mungli yig’lashlashimni eslatardi Qani endi shu yomg’ir tomchilarini to’xtata olsam. Uning har-bir yog’ayotgan tomchilari umrimni hazondek o’tib ketishini yodga solardi. Bu yomg’ir yuzimdagi kulgichlarimni olib qo’yishga ham munavvar bo’lgandi. Derazadan atrfoga qarab uning yog’ishini kuzatishdan boshqa bir tayin ishim yo’q edi. Qani endi shu yomg’irda sayr qilsam. Qo’llarimni ushlasayu va yurak dardlarimni shu tomchilaridek yuvib yuborsa. Nega yomg’ir bunchalab sel bo’lib quymasa… qalbi og’ringanmikan. Yoki buning ham mendayin yuragi hastamikin?... Qani endi shu yomg’irda uyib hammayog’im shallabo bo’lsa. Uning tomchilariga g’arq bo’lib ketsamu toki uning ko’zyoshlariga malham bo’lsam. Yomg’ir yog’sayu hech tugamasa, u mening go’yo ichki dunyoyimga aylangandi… O’ylardimki shu yomg’ir tomchilari mening dardlarimni yuvib ketadi deya Shunda balkim bundayin hasta yurakka ortiq ko’z tikib umrim o’tmasmidi. Ex…Qani endi shu yomg’ir tomchilarin to’xtata olsamu, shiringina uyquga ketsam…
|