Bu voqea qishda, 2-3 yil ilgari bo`lgandi adashmasam. Qish har yilgidan sovuq keldi, hamma tomonda qalin qor. O`sha kuni tongda odatdagidek ishga otlandim. Kun juda sovuq, ko`chada ham odam kam. Izg'irin qalin kiyimdan ham o`tib tanaga igna sanchadigan darajada. Aksiga olib mashinalar ham ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun kiyingan qariyaga ko`zim tushib bunaqa sovuqda ko`chada turganligiga hayron qoldim. Tushunarli, u tilanchilik qilayotgan ekan. Sira o`xshamaydi tilanchiga. Bu sovuqda ko`chada odam kamligi mayliyu, bori ham cho`ntak kavlashga erinadi. Yonidan o`tayotib biroz pul tutdim. Ko`zlari juda g'amgin boqarkan odamga. Birinchi marta tilanchilik qilayotgandek, uyalyotgani bilinadi. "Rahmat" dedi zo`rg'a. Hech kimi yo`qmikan? Juda achindim o`shanda shu kabi odamlarga. Ishim shu kuni tushlikkacha tugadi. Uyga qaytishda yo`lda ertalabki cholni ko`rib qoldim. Qiziq, qo`lida bir dona gul bor edi. Endi qiziquvchanligim tutib mashinadan tushib qoldim va cholning ortidan kuzatib ketdim. U sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a yurib borar, qo`lidagi gulni esa juda avaylab bag'riga bosib olgandi. Qabriston tomonga burilganida yuragim nimanidir sezdi. Qabrlar qor bilan qoplangan, chol ularni oralab chetdagi bir qabr yonida to`xtadi. Cho`kkalab gulini qabr ustiga qo`ydi. Boshini egib ancha vaqt shu taxlit turib qoldi. Uzoqdan uning yig'layotganini sezish mumkin edi. Iztirobli manzara... Yarim soatlar o`tgach chol o`rnidan turib, xuddi kelganidek, bir-bir yurib ortiga qaytdi. U ketgach o`sha qabr yoniga bordim. Xotinining qabri bo`lsa kerak. Bugun tug'ilgan kuni ekanda. Ajabo shunga ertalabdan bunaqa qilgan. 7 yil bo`libdi o`lganiga. Qabr ustida bir dona qip-qizil atirgul. Gulga qistirilgan qog'ozchada xat bo`lsa kerak. Yozuvni o`qish mumkin: "Bu so`nggi gul, tez orada yana birga bo`lamiz"... Ko`zimdan yosh chiqib ketdi. Muhabbatu-sadoqat shunaqa bo`larkanda. Biz gohida yonimizdagi baxtning qadriga yetmaymiz. So`nggi gul? Eh, otaxon haqiqiy qalb o`lmaydi hecham. Mana shunaqa gul bo`lib qayta tug'iladi hali…
eeh choli tuwmagur qarisayam aql kirmaptida ha ölgan odamga gulni nima keragi bor. uni örniga 2 oyat Qur'on öqib duo qil 1gektar atirgul sovg'a qilgandan yaxwiroq