Har-dam seni izlaydi, ko'zim! Isming nolam, dildagi so'zim Qora tunda yana, bir o'zim! Hamon seni, kutib yashayman!
Oylarga o'xshatib yuzingni, Hayolimda tinglab so'zingni. O'lgunimcha, izlab o'zingni,,! Armonlarga botib yashayman!
Qiynasa ham yolg'izlik, hijron, Bir kelmog'ing bo'lsada gumon, G'amlar rangim qilsa ham somon... Dardim ichga yutib yashayman!
Shafqatsiz ishq egib qaddimni, Sinab ado etdi sabrimni! Alamlar ko'p tilgan bag'rimni.... Suratinga tutib yashayman!
Sevib sen bag'ritosh malakni, Faryod soldim buzib falakni! Senga oshiq bo'lgan yurakni... Yulib, o'tga otib yashayman!
Necha oylar, necha yil o'tib, Yursang yoring qo'llarin tutib! Balki, ketsang meni unutib... Menchi? seni kutib yashayman!
|