Mayus boqar oyning ko'zlari, Qora bulut qoplar yuzlarin. Yarim tunda uyqu kelmayin, O'tirarman bir qizni qo'msab. Balki u ham mayusdir xozir, Uyqu yo'qdir yig'lar bechora. U ham balki boqar osmonga, U ham meni sog'ingan balki.
Ko'zlaridan qalqib chiqar yosh, Menda esa yurak o'rtaydi. Yolg'izlikka berolmay bardosh, Hamon mayus oyning ko'zlari.
O'tirarman u qizni qo'msab, Hayollarim uchar u tomon. Bo'sh bag'rimni yana to'ldirib, Quchsam deyman u qizni har on.
Osmonlarga termulgan ko'zim, Izlar qizning mayin nigohin. Balki qiz ham izlar samodan, Bir bor ko'rsam der meni holim.
Ko'z yoshlarga yuvilar yuzi, Qiz yig'lamas yetadi sabri. U osmonda yig'laydi bulut, Yig'lar oyning mayus ko'zlari.
Ayriliqqa chidar bu yurak, Sog'inchlarga burkanar vujud. Qora ko'zim yo'limga qarab, Qaytishimni kutar jon halak.
Menchi yana tunlarni yolg'iz, O'tkazarman uzoqda sensiz. Uyqu kelmas ko'zlarim yumib, Tushlarimda ko'rsam ikkimiz.
Orzularga yetarmiz bir kun, Sevgilimla yashayman baxtli. Sog'inch bizni tark etadi ammo, Qolaverar Mayus Oy Tanho.!
Sasha.B - Ijodidan.!
|