ღ BINAFSHA - xayolparastlik ramzi.Bu gulning ishqibozlari asosan "ichidagini top" deydiganlar.Ularni g'amgin yoki pessimist deb bo'lmaydi.Ular shunchaki o'z qobog'iga o'zi o'ralib o'tiradigan,ich-ichidan ko'ngli bezovta kishilar.Shu bilan birga binafshani xush ko'ruvchilar ta'bi nozik,ta'sirchan,o'tmishni ideallashtiruvchi bo'ladilar. ღ NASTARIN - vazmin,his-tuyg'ularini oshkor etavermaydigan,har qanday jimjimadorlik va hovliqmalikdan yiroq kishilar xush ko'rishadi.Ammo bu o'ta jiddiylik,xudbinlikni haspo'shlash vositasi ham bo'lishi mumkin.Nastarin ishqibozlari ko'pincha o'z xayollari bilan o'z xayollari bilan yolg'iz qolishni istaydilar.Tez-tez umidsizlikka tushib turadilar.Ular nozik didli,ichki dunyosi go'zal kishilar.Lekin oldiga qo'ygan maqsadiga yetishish uchun qunt,g'ayrat yetishmaydi. ღ LOLA - o'ta uddaburon,moslanuvchan kishilar guli.Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ularning irodasini bukolmaydi.Lola shinavandalari xushmuomalali bo'lishadi,lekin ularning asl niyatini bilolmaysiz.Lolani yaxshi ko'radigan ayollar o'ta g'ayratli,o'ziga ishongan,uncha-bunchani tan olmaydigan bo'lishadi. ღ ATIRGUL - g'aytatli,ishbilarmon kishilarning yuragiga yaqin bo'ladi.Ular o'zlarini ham,o'zgalarni ham qadrlashni bilishadi.Bekorga bu gul muhabbat va go'zallik ramzi hisoblanmaydi.Shuning uchun atirgul ishqibozlari xotirjam,o'ziga ishongan kishilar.Ular hoyu havas ortidan yugurishmaydi.Balki real hayotda tartib-intizomga amal qilib yashashni ma'qul ko'rishadi.Atirgul ishqibozlari orasida jizzakilari ham uchraydi.Ular og'zidagi oshini oldirib qo'yadiganlardan emas,balki o'zini namoyon qila oladigan,irodali,ehtirosli kishilar. ღ NILUFAR - aslzodalar guli.Bu gulni o'ziga ishongan,qadrini biladigan kishilar xush ko'rishadi.Bundaylar g'ayratli,mag'rur,ba'zan takabbur va manman bo'lishlariga qaramay jozibadordirlar.Salbiy hislatlaridan biri yolg'on va munofiqlikka moyilligidadir.
MANGA ATIRGUL JUDA YOQADI, UYDA PARVARIW QILAMAN LIMON BILAN BIRGA!!! LEKIN XAR YILI QIWDA, OZIXAM QOR YOQGANDA QIP QIZIL ATIRGULNI PARVARIW QILIB, WUNDO O4ILIB WIRIN XID TARATIB TURGAN GULNI UZIB! GOZAL, KETVORGAN, MADDAM MADMUOZEL 90 60 90 FIGURALI STANDART 4O4LARI UZUUUN KOZLARI WAXLO YUZLARIDA KULGU4I BOR NOZIK YOQIMTOYGINA QIZGA SOVGA QIGIM KELADIYUUU LEKIN OWANAQA QIZ TOPILMEYDIDE