Soha mutaxassislari orasidagi mish-mishlarga qaraganda, Google dunyodagi eng mashhur mobil messenjer (tezkor xabar almashinuv tizimi) lardan birini yaratgan Whatsapp Inc. kompaniyasini sotib olmoqchi. Aytishlaricha, shartnomaning umumiy narxi 1 milliard dollarga teng.
Keyingi paytda Google’ning Babble messenjeri to‘g‘risida paydo bo‘lgan xabarlarga tayanib aytishimiz mumkinki, Google kompaniyasi butun dunyoga o‘zining qandaydir innovatsion messenjerini taqdim etishni rajalashtirgan. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, Google o‘zining yangi messenjerini yaratishidan ko‘ra, Whatsapp’ga o‘xshagan dasturni sotib olgani ma’qul.
Shuni eslatib o‘tamizki, Whatsapp dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida ishlaydi va abonentlarga kuniga 18 milliarddan ortiq xabar yetkazadi. Whatsapp’ning bugungi kundagi yillik daromadi 100 mln dollarni tashkil qiladi.
Xabar "Sukkerberg qo‘ng‘iroq qiladi” sayti ma’lumotlariga tayangan holda tayyorlandi.