Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishishga tayyor, deya xabar berdi Interfax. Ushbu mashinalarda “yurish-to‘xtash” tugmasidan boshqa hech qanday boshqaruv vositasi bo‘lmaydi.
Transport vositasi ikki kishiga mo‘ljallangan. U elektr dvigateliga ega bo‘lib, tezligi soatiga 40 kilometrga teng.
Mashinaning odatda bamper joylashadigan old qismi ko‘piksimon yumshoq materialdan ishlangan, shu tufayli u yo‘lovchilar uchun xavfsizdir. Shuningdek, undagi oynalar ham egiluvchandir.
Loyiha tanqidchilarining fikricha, ixtiro avtomobil oqimining keskin ko‘payib, shaharlar kengayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dastur boshidan buyon Google’ning o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillari millionlab kilometr yo‘l bosib, turli ma’lumotlarni yig‘di hamda kutilgan (qizil chiroqda to‘xtash) va kutilmagan (qoidani buzib o‘tib ketish) hodisalarga reaksiya qilishni o‘rgandi.
|