Amerikaning Google internet-kompaniyasi 2013-yilning eng qimmat brendiga aylandi. Bu Britaniyaning Millward Brown Optimor tadqiqot kompaniyasi reytingida ma’lum bo‘ldi.
Google savdo belgisi bir yilda 40 foizga qimmatlashdi, natijada reytingda uch yildan buyon yetakchilik qilayotgan Apple’ni siqib chiqardi.
Millward Brown Optimor o‘tgan yil davomida Google narxini 159 milliard dollarga (2012-yilda – 114 milliard dollar), Apple’nikini 148 milliard dollarga (2012-yilda – 185 milliard dollar) baholadi.
Millward Brown Optimor boshqaruvchi direktori Nik Kuperning fikricha, Google innovatsiyalarga katta e’tibor berayotgani tufayli yetakchiga aylangan.
Yuqori o‘ntalikka IBM, Microsoft, McDonald’s, Coca-Cola, Visa, AT&T, Marlboro va Amazon kabi brendlar ham kirdi.
|