Internet degan narsa, keng va ajib dunyodur
Hayotiylikdan yiroq, ajoyib bir ro’yodur,
Shu ro’yoda bir g’aroyib, salmoqli sayt paydodur
Userlarlari g’urur bilan, atashadi, sherlar.uz!
Adminlari mag’rur turib, maqtashadi, sherlar.uz!
Naqorat:
Inson yaralganida, to’da bo’lib yashagan
Keyinchalik oila bo’lib birga oshin ashagan
Jamiyat bo’lgunicha qanchalar qon qaqshagan
To’da emas!, Oila emas!! Jamiyatdur!!! sherlar.uz
Hatto ta’bir joiz bo’lsa, bir DAVLATdur sherlar.uz
Userlarda qanaqadur, ajoyib bir mehr bor
So’zlarida jo qilgulik, antiqa bir sehr bor!
Har birida g’urur bilan, maqtangulik fahr bor!
Mehrin aytsam: minglab user sig’ishtirgan sherlar.uz
Hatto KRIS, KENNEDYNI! chiqishtirgan sherlar.uz
Qiz juvoni chiroylidur, iboli ham hayoli
Hammmasi muslimadur, ham bilimli ziyoli
Yozadigan har bir so’zi, kalimasi ma’noli
Bunday qizlar jamlangan, yagonadur sherlar.uz
O’tli yulduzlarni yiqqan, birdonadur sherlar.uz
Yigitlari bir so’zlidur, marddur hamda kelishgan,
Muslim bo’lib musulmonning farzlarini bilishgan,
Hamma qizlarni o’ziga opa-singil qilishgan
Yurti uchun mard yigitlar, jamlagandur sherlar.uz
Kelajjakka bunyodkorlar g’amlagandur sherlar.uz
Naqorat:
Inson yaralganida, to’da bo’lib yashagan
Keyinchalik oila bo’lib birga oshin ashagan
Jamiyat bo’lgunicha qanchalar qon qaqshagan
To’da emas!, Oila emas!! Jamiyatdur!!! sherlar.uz
Hatto ta’bir joiz bo’lsa, bir DAVLATdur sherlar.uz
Ba’zi bir mehmonlari regis qilmiy turadi
Shunchaki ma’lumotlar ko’rish uchun kiradi
Ha, balki regis qilmay, ular to’gri qiladi
Chunki regis qilganni yubormaydi sherlar.uz
Mehri bilan sehrlab qo’yvormaydi sherlar.uz
Javoxir admin bo’lib, bu saytni yaratdi
Odamlar user bo’lib, saytni rossa gullatdi
Butun dunyo o’zbegini shu saytga qaratdi
Balki bitta "kimdur” uchun bitta ermak sherlar.uz
Lekin "kimlardur” uchun juda kerak sherlar.uz