Italiya B seriyasida ishtirok etuvchi "Peskara” va "Livorno” jamoalari o`rtasidagi o`yinda fojea yuz berdi. "Livorno” yarim himoyachisi Permario Morozini uchrashuv vaqtida yurak xuruji tufayli maydonda hushini yo`qotgan. Futbolchini kasalxonaga olib borgunlaricha, u yo`lda vafot etgan.
Italiya futbol rahbarlari bu voqea tufayli A va B seriyasidagi barcha o`yinlarni bekor qilishga qaror qildi. Bugun chempionlik yo`lida jiddiy kurash olib borayotgan "Milan" "jenoa"ga qarshi, "Inter" esa "Udineze" bilan bahs olib borishi zarur edi. Bu o`yinlarning qachon o`tkazilishi hozircha noma`lum.
Permario Morozini shu yil yozda 25 yoshni qarshilagan bo`lardi. Quyidagi rasmda Morozini hayotining so`nggi lahzalari aks etgan.