 -Axir men nima qildim ustoz..!?
Qichqirardim…
-Sen xech narsa qilishing shart
emas,seni borligingni o’zi
ortiqcha..sen ortiqchasang
tushundingmi xaromi..!
degancha duch kelgan joyimga
urishdan toymasdi…
O”sha paytlari,bilmadim ustoz
deyishga arziydimi yo’qmi..? Ustoz…Bu
tushunchalar,umuman ustoz
degan so’z men uchun
ulug’vorlik,yohud qandaydir
najotkorlik hissini singdirgan
bo’lsamda..Ustozimning bu
xatti xarakati bunday ulug’
nomga nomunosib ekanligini
bilgandim..
Ko’zim tinib..xushimdan
ketdim chog’i..Ustozimning
zarbalaridan paydo
bo’layotgan og’riqlar
yo’qoldi..uyog’ini
eslolmayman…
Ko’zimni ochganimda esa
stadionchaning o’rtasida yotar
edim..
Alam qildi..
Yo’q..yo’q..! Uning meni
urgani,hammani oldida
kamsitgani emas..Balki Ustoz
degan ulug’ zot…xato
odamiylik yuzasidan bo’lsa
ham,xatto maydon chetiga-da
olib chiqishga qodir
bo’lmaganligi..aynan shu
narsa menga juda alam qilgan
edi…
Balkim men bir fohishaning
xaromi bolasidirman..ammo
men ham unga o’xshagan bir
inson edim-ku..!?Naxotki uning
xam farzandini kimdir xuddi
shu kuyga solganida 2 og’iz
gapirmagan bo’lardi…
Aynan shu savollar miyamga
o’rnashib qolgan edi…
Xo’rligim kelib
yig’ladim..Onamning oldida
yig’lamaganman..Ba’zi
xollarda onam yig’laganini
ko’p ko’rganman..Juda ko’p
bora…
Ammo men hecham
ko’zimdagi yoshimni onamga
ko’rsatmaganman..Or deb
bilardim yig’ini erkak kishi
uchun…!
Lekin bugun
yig’ladim..Alamdan
qichqirib,tomog’im yirtilib
ketay deguncha yig’ladim..
Taqdirimning
beshavqatligidan,meni
dunyoga keltirgan otaning
benomusligidan qaqshab
yig’ladim..
Yig’idan shishib ketgan
ko’zlarimni artib..Uyga yo’l
oldim..
Onam xali qaytmagan
ekan..Yarim kechasi kelishiga
ko’nikib qolganman..Stol
usidan non olib
yedim..Qornimni to’yg’azib
bo’lganimdan so’ng
esa..Uyning mayda chuyda
yumushlarini bajarishga
kirishdim..Xali zamon onam
kelishiga ovqat qilib qo’yishim
lozim edi..
Barcha ishlarni sarishtalab
bo’lgach esa televezorni
yoqdim..
Qandaydir o’yin,yoki shouni
ko’rsatishardi..Ota va ona
farzandlari bilan birgalikda
musobaqa..
Biroz ko’rdimda ensam qotib
ketib televezorni
o’chirdim..Onamni kuta
boshladim..
Ko’zim ilinibdi…Eshikni oxista
ochilib yopilganini sezdim
shekilli,ko’zimni ochib
qarasam narigi xonada kimdir
go’ng’ir-g’ong’ir ,qilib past
ovozda gaplashib,kulishardi…
Quloq soldim..
-Iyaaaa,jonidan endi noz
qilavermasdan..akangini
bag’riga kelingchi..dedi
noma’lum ovoz egasi..
-Vuyyyy.sho’xlik
qilmangaaaa..o’g’lim uyg’onib
qolsa,naq uyni boshiga
ko’taradi.
-Nima qilibdi,yosh bola bo’lsa
nimani aqliga yetardi..
-Bilmabsizda buni,xuddi otasini
o’zi-ya..!Birovni oldimda ko’rsa
naq,to’polon qiladi..Yaramas
bola..rashki juda
yomon..Ablax otasiyam
shunaqa edi..
-Xaaaa,endi bu birinchisi
emas-ku asaaaal…
-Shoshmang,ichishga birorni
nima olib kelay…
Shu vaqt onam yurib eshik
tomonga kela boshladi..men
ulgurolmadim o’zimni olib
qochishga…
U meni ko’rdi..
-Xaaa..zumrasha..!nima
qilayapsan..?gap poylaydigan
bo’ldingmi xali..?!
-Yo’q..oyijon..gap poylaganim
yo’q…dedim qo’rqa pisa..
-Bo’ldi..jonimga tegib
ketding..narigi xonaga o’tib
uxla dedi..
Shu vaqt ichkaridagi odam
chiqib qoldi..
-Iyaaa,yahshi bola nima
qilayapsan bu yerda,,tur
joyingga uxlasang,senga pul
beraman..Keyin kompyuter
o’ynagani borasan,deb
cho’ntagidan ikkita mingtalikni
chiqardi..
Qo’lidagi mingtalikni yulib
olib,yuziga otdim..
-Mengga sening pullaring
kerak emas..ket uyimizdan…
dedim qichqirib..
Onamning tarsakisi yuzimga
tushdi..
-Itvachcha,sen xaromini
boqayotganimga shukr
qil..tushundingmi..Meni
xayotimga aralashma
uqdingmi..!?Agar yana bir
marta shunaqa qiladigan
bo’lsang..deddomga olib borib
tashlayman..
Men alamdan xiqqilagan
kuyi,uchkari uyga kirib
ketdim…
Tun yarmigacha uyqum
kelmadi..Qo’shni xonadan
onamning erkalangan ovozi
bilan,notanish kishing hirs
bilan gapirgan gaplari yaqqol
eshitilib turar edi..
Shu darajada o’sha payt
meni,nomus tuyg'usi otashida
yondirar edi-ki..!yostiqni uchini
tishlab olgancha..
-Katta
odam,bo’lsam..xammasini yo’q
qilaman..Xammasidan qasos
olaman derdim…
Balkim,o’sha vaqtlari menning
jajji vujudimda..Nafratning ilk
kurtaklari quloch ochayotgan
bo’lsa ne ajab…!
DAVOMI BOR... Muallif:EL_SHaFeY QO'SHDI:ALADDIN8575
|