Vaqt ham negadir mendan
o’ch olishqa qasd qilgandek
judayam imillab o’ta boshladi..
Mendagi sabr esa behad
ziyoda bo’lgani bois
ham,unchalik
asabiylashmayotgan edim..
Va nihoyat..Barcha mahbuslar
jimib qolishdi..Qamoqxonaga/ butunlay jimlik tushdi..
Men kutgan fursatlar
yaqinlasha boshlagan edi..
Men haligi bangidan olgan sim
yordamida kamerani qulfini
osongina ochdim..Ichki
kameralar qator joylashgan
bo’lib,soqchilar honasi
tomonga o’tish yo’lagi yahshi
qo’riqlanar..Eshiklar ham
ichkaridagi kompyuterga
ulangan..u yerdan o’tib
ketishni umuman iloji yo’q
edi..
Shu boisdan ham
men,shotirlaridan ayrilgan
bossning kamerasiga
o’tishgimga imkonim yo’q edi..
Shu alfozda turadigan
bo’lsam,aniq meni payqab
qolishlari mumkun
edi..Shuning uchun men
kameralar to’rida joylashgan
hojatxona tomonga qarab
yurdim..Eshikni ochib ichkariga
kirdim..
Ichkarida esa qorong’ulik
edi..Agar chiroqni yoqadigan
bo’lsam..barcha buni bilib
qolishi mumkun ekanligini
sezib turar edim..SHuning
uchun ham men barcha
umvolniklar ostini paypaslab
kanalizatsiya quvurini axtara
boshladim..
Kunduzi kirganimda ahamyat
bergan edim..Polda
kanalizatsiya qopqog’I borligini
ko’rgandim..Lekin qorong’uda
uni topish mahol bo’la
boshladi..
Polda uzala tushgancha rosa
paypaslab qidirishlar nihoyat
o’z natijasini berdi..Men o’sha
qopqoqni topdim..Hursand
bo’lib qopqoqni amallab sura
boshladim,tabiiyki men
surganimda temirlar
ishqalashidan ovoz chiqa
boshladi..Men esa sekinlik
bilan qopqoqni surib..tuynukni
ochdim..Pastda qanaqadir o’ra
bor edi…Men o’rani ziyiga
osilib ichkariga qarab tusha
boshladim..Ko’ngilni
aynitadigan hidga amallab
chidab pastga tusha
boshladim..Hayriyat pastda
temir narvoncha bor
ekan..O’sha narvonchaga
ilashib olgancha yanada
pastroqqa qarab yo’naldim..
Narvoncha tugadi..Men
narvonchaga osilib pastga
qadam qo’ydim..Oyoq ostimda
esa temir panjara..uning
ostida qandaydir kengroq
yo’lak bor edi..Men uning
yo’lak ekanligini ostida
oqayotgan suvning aks sado
berishidan bildim..
Yahshilab temir panjaraning
qalinligini o’lchab olgach
yuqoriga qarab yo’naldim..
Yuqori nihoyatda qorong’u
bo’lgani uchun men…
tavakkaliga tez tez chiqa
boshladim..Bu yerning sassiq
hididan o’lay degandim
o’ziyam..Sezmay
qolibman..boshimni
qopqoqning ziyiga urib
oldim..Bextiyor
"immmmmm”degancha ingrab
yubordim..
Shu vaqt tashqaridan kimnidir
yurgan ovozi kela boshladi..
Tirqishdan tashqariga
qaradim..Aftidan
mahbuslarning uhlayotganini
tekshirish uchun soqchi kelgan
edi..Hojatxonadagi shovqin
qulog’iga chalingan shekilli u
men tomonga qarab kela
boshladi..Men esa eshikning
oritga berkinib olib uni kuta
boshladim..
Xar ehtimolga qarshi deb
ustimdagi maykani apil tapil
echib qo’limga o’rab oldim..
Soqchi eshik oldida to’htab
atrofga qarab
qo’ygach..Eshikni sekin ochib
kira boshladi..
Svet yoqadigan vklyuchatel
eshikdan biroz ichkariroqda
bo’lgani uchun u eshikdan
ichkariga biroz kirishga
majbur edi..Men esa aynan
shu soniyani poylab turgan
edim..
U ichkariroqqa kirib yoqgichga
qo’lini uzatdi..
O’sha soniyada men tezlik
bilan qo’limdagi maykani
uning bo’yniga tashladim da
bug;a boshladim..
U tizzalab o’tirib qoldi..Havo
yetishmayotganidan og’zini
katta katta ochib hirillashi
mendan boshqa aytarli biror
kim eshitmaydigan darajada
juda past edi..Men kuchim
boricha uni bug’a boshldim..U
qiynalib jon taslim qildi..
Men esa uning murdasini
qayerga yashirishni bilar
edim..Uni obdon tintib
cho’ntagidagi kalitlarni oldim-
da,o’zini belidagi kamarini
yechib oldim..Uning
fanarikchasi orqali shiftdan
kamarni ilsa bo’ladigan ilgakni
topdim-da,kamarni ilgakka
tashladim..Qolgan taragini
kamar temiriga
kirgazib,hodimning bo’yniga
tashladim..Kamar qisqa
bo’lgani sababli u havoda
muallaq osilib qoldi..
Men esa imi jimida hojatxonani
tark etdim..Menda esa uning
eng zarur narsasi ya’ni
kalitlari bor edi..
Kameramdagi tirqishlarning
biriga kalitni obdon
yashirgach,uyquga ketdim..
Tongga yaqin qamoqhonada
shovqin suron boshlanib
ketdi..Barcha hodimlar
hojatxona atrofini o’rab
olgancha murdani olib
chiqishar edi..U o’zini osgan
degan tashhis qo’yilgach
murdani olib chiqib
ketishdi..Undan yagona
yodgorlik bo’lib esa menda
uning kalitlari qoldi holos..
Men uchun bu kalitlar
ko’pgina imkoniyatlar
eshiklarini lang ochib berishini
sezar,shu bilan birgalikda
yahshigina aqlim yetar edi..
Kameramdan kerishib chiqar
ekanman..Atrofdagilar
hammasi hodimning o’limini
muhokama qilishar edi..Men
umumiy ovqatlanish zaliga
qarab yura
boshladim..Ovqatlanish zalida
esa men ovqatni qo’limga olib
bo’sh stulga o’tirib yeya
boshladim..Shu vaqt oldimga 2
ta mahbus kelib o’tirdi..Ular
bir biriga imo ishora
qilishgach..birinchisi sekin gap
boshladi..
-Biz sen haqingda hammasini
eshitdik..Bossning 2 ta odamini
qanday tinchitganingni
bilamiz..shuning uchun ham
biz sen bilan ishlamoqchi edik
dedi
Men ularga indamadim,va
ovqat yeyishda davob eta
boshladim…
Ular esa tinimsiz meni
maqtashar,va hamkorlikka
da’vat qilishdan to’htamas
edilar..
Ovqatni yeb tugatdim hamki
gapirishdan to’xtay
qolmasdi..Men shartta
birinchisining yoqasidan bug;ib
oldimda qolog’iga
shivirlardim..
-Kazyollar bilan
ishlashmayman..Uqdingmi
"laycha”..Meni ahmoq qila
olmaysan..Agar yana meni
yo’limdan chiqadigan
bo’lsang..Joningni sug’urib
olaman dedim..
Ikkalasi boshini eggancha
oldimda turib ketdi..
Shu vaqt
payqamabman..Mendan
nariroqda kulimsiragancha
birinchi buyruq bergan
"boss”turar edi…
Davomi bor...
Muallif:EL_SHaFeY
QO'SHDI:ALADDIN8575