Oyog’larim o’zimga bo’ysunmay
o’sha yerida,mixlanib qolgandek
bo’ldi..Menga ancha unut
bo’layozgan holat,aynan
bolaligimdagi ablax uztozimizni
"fohishaning farzandi”degan
so’zlarini eshitganimda mendagi
bo’lgan holatni aynan o’zi qayta
takrorlanayotganga o’hshar edi.. Ko’ksimdan otlib bo’g’zimga
qadar kuydurib kelayotgan
og’riqli hotni afsuski so’z bilan
ifoda etish juda,juda qiyin edi..
Isnod…
Shu beshgina,atigi besh harfdan
iborat so’z….Insonni naqadar
dahshatli holatga solar ekan…
Ajabo…Bunday holatga tushgan
odam.o’zligidan ham tonishi
mumkun ekanligini inson
tasavvur doirasiga sig’dira
olarmikan..Butun badanimni o’t
kabi qizdirayotgan shunday
tuyg’uning og’ushida..Shahd
bilan eshikka kalitimni solar
ekanman.Vajohatim,aynan ikkisini
o’ldrishga ham qodir
edi..Ammo…
Eshikni taraqlatib
ochdim..Yotoqqa qarab shahd
bilan kirib keldimda..Yigitni
yotgan o’rnida tomog’idan bug;a
boshladim
Shunda hotinim meni yuzimga
bir tarsaki
tushurdi..Astog’firulloh..!
Erini ko’z oldida hiyonat
qilayotgan ayol..Eridan tap
tortmasan ko’zlariga tik qarar
edi..
Uning ko’zlarida hech qanday
qo’rqinch yo’q edi..Allaqanday
mudhish holat aks etar edi,uning
ko’zlarida..
Ha,ha aynan meni maftun
qilishga harakat qilgan bu
moviyrang ko’zlarda,meni
yahshilikka da’vat etgan betakror
nigohlarda oddiy mudhish
manzaraning soyasigina qolgan
edi..
Meni qo’llarim beihtiyor
bo’shashdi..
-Nima,sen meni erim
bo’lib,menga to’liqligicha
erkinlikni bekor
qilmoqchimisan..Axboroting
uchun men erkin ayolman…Tak
chto..hohlaganimni
qilaman..Yashayotgan uying
kimniki ekanligini unutma..!
Jahl bilan aytilgan bu
so’zlar,menday vahshiy kimsani…
Shuncha narsalarni boshidan
kechiragan.hohlagan odamini tap
tortmay o’ldirishga qodir bo’lgan
kimsani-da,irodasini ildizidan
qo’porib tashlashga kifoya
qilardi…
-Nima uchun bunday qilding..?!
Men shunday holatga seni
solmagan edim-ku..!
Bosh aytmoqchi bo’lgan gaplarim
bo’g’zimga qadaldi..
U javob bermadi..Qo’li bilan
eshikni ko’rsatib..Ketishimni talab
qila boshladi..
Menda o’zga chora
qolmadi..Umrimda birinchi
marotaba ayol kishining oldida
ojiz bo’lib qolganimini his
etdim..Men uyni tark
etarkanman..Ortimga so’nggi bor
qaradim..Menga qadrdon
bo’lshga ulgurgan bu uy..Mening
ortimda mung’ayib nochor
qiyofada namoyon bo’ldi..
Ravilga qo’ng’iroq qildim..
-Alo,Sodiq nima gap..?
Tinchlikmi..?
-Yez yetib kel gap bor…gapni
qisqa qilib go’shakni qo’ydim…
Ravil darrov yetib keldi..Men
unga bor gapni aytdim..Va bu
yerdan ketishim karakligini
aytdim..
Ravil meni rosa qolishga
ko’ndirishga harakat
qilmasin..Bari harakati behuda
ketdi,,
Men aynan shu lahzalarda
butunlay yolg’iz qolishni
istayotgan edim..
Buroz bekatda turib
qolgach,o’tib ketayotgan
avtobusga ilinj bilan qarar
ekanman..Hech qanday yorug’lik
sezmas edim…
Bekatda yotib qolishga majbur
bo’lib qoldim..
Tong otdi..Meni azoi badanim
qaqshab o’rnimdan
turdim..Yelkalarim kechasi
anchagina sovuq bo’lgan
shekilli..Uvishib qolgan edi..
Qayoqqa borishimni bilmasdan
turib qoldim..Oxiri ko’cha
yuzasida o’trigan bir to’da
odamlarga ko’zim tushdi..Ular
allanimalar haqida tinimsiz
gapirishar edi..
Ular qarab turgan e’lonlar
tahtasiga qarab o’zimga kerakli
e’lonlarni qidira boshladim..
Har hil ishga takliflar tiqilib
yotibdi..Men ular orasidan
o’zimga ma’qul deb qorovullikni
tanladim..
Ko’rsatilgan manzilga
bordim..Ishga taklif qilgan odam
to’ladan kelgan,tepa sochlari
to’kilib qolgan arman edi..
Men unga yoqib qoldim
shekilli,meni ishga oldi..Men
o’sha uyni qorovulhonasiga
joylashib olib,ish faolyatimni
boshladim..
Kunlar bir birini quvlab o’ta
boshladi..Menda avvalgi
vajohatdan asar ham qolmagan
edi..
U kishining 2 ta qizi
bo’lib..Ikkalasi ham erkin holatda
tarbiya ko’rgan,qisqa qilib
aytadigan bo’lsam "Suyuqoyoq”
bo’lgan qizlar edi..Odatda ular
hushtorlari bilan uyga kirib
ketar,ota ham bunga o’ta
beparvo edi..
Men haligi uy egasi bilan ancha
qadrdon bo’lib qoldim..U odatda
bog’ni aylanib chiqqach men
bilan "otamlarishib”o’tirar
edi..Ukkimiz ham bo’kkuncha
ichib,rosa miriqib suhbatlashar
edik..
Shu tahlid oradan 1.5 yil vaqt
o’tdi..Men huddi yaralarimni
bitgan deb hisoblar edim..
Kunlardan bir kuni bog’dagi
mayda chuyda ishlar bilan band
edim
IChkaridan uy egasini qichqirig’I
eshitildi..
Men yugurgan bo’yi ichkariga
qarab otildim..
Ichkarida qizining hushtori,uy
egasiga qo’lidagi pistolet bilan
tahdid qilar edi..Undan
qandaydir pullarni talab qila
boshladi..
Men uninig ortidan yaqinlasha
boshladim…U gapga berilib
ketganidan meni kelganimni ham
sezmay qoldi..Uni qo’llarini juda
tez qayirdim..Qo’lidagi pitolet
yerga uchib ketdi..
Uy egasi esa to’pponchani qo’liga
olib,Ikkilanmasan yigitni
peshonasiga qarab o’q uzdi..
Yigit esa shilq etib yerga yiqildi,..
Uy egasi menga minnaddorchik
bildirib ketdi..
Men hechqisi yo’q degandek
bosh irg’adim..
O’likni nima qilamiz degan
savolimga uy egasi..Bog; to’ridagi
fontan yonidan chuqur qazishni
buyurdi,,
Men o’likni ko’mish uchu
aytilgan joydan chuqur qazishga
tushdim..
Chuqurni qazib tugatay
deganimda belkirab qandaydir
qattiq narsaga urildi..Birorta
toshdirda deb egilib uni olish
uchu tuproqni qo’llarim bilan
ocha boshladim..
Yo alhazar..?!
Tuproq orasidan,odam suyaklari
chiqar edi..
Davomi bor..