Qadim-qadim zamonda, Juda olis tomonda. Parizod yashar edi, Kanada degan makonda. Parizod erta tongda Sherlar.uzga kirardi Do’stlarim qayda deya Forumni aylanardi.
Qani endi do’stlarim Sizlarni bir tariflay O’rtoqlashib ilhom bilan Izhor aylay sher bilan. Kimdan boshlashni bilmay Qotib qoldi ex boshim Ruxsat bersangiz agar Gangsterdur nishonim (Gangster) Sherlarni o’qir edi Hikoya to’qir edi Eski qadirdon deya Hangoma qilar edi.. (Munik77) Futbol desa birinchi Hammani hush ko’rguvchi Forumni charag’oni Munavvardur ismlari
(Ali90) Bu boshliq ja sho’x-shodon Doyim dardimga darmon Turdivoydur laqablari Rossiyadur makonlari. (Durdona) Yigitlarning haridori Qoraqalpoq go’zali Qizlarning mehriboni Dangasalikdur odatlari
(Bo’mba) Doyim kulib turguvchi Goh portilab ketguvchi Baqaloq deya hazil qilib Har gal ko’nglim olguvchi. (Gabriela) Forumning kichkintoyi Sardorchikni juft haloli Shaddotgina bu qizaloq Navoiyning go’zali (Sardorchik) Paxtani mo’l terguvchi Kampirlarni kuydirguvchi O’zin malagi turib O’zgalarga ko’z tashlovchi. (Shaxnoz_89) Bu qizaloq sho’x erur O’zbekchani qotirur Pazandalikdur hobbiylari Chuchilikdur odatlari. (Kris) O’z qadrini bilguvchi Qizlarga gap otguvchi O’zbek qizi qaramasa Ruslarnida yedirguvchi. (Jajjigina) Forumlarni gullatadi Yigitlarni uhlatadi Fotixa o’qib hargal Ikki juftni bir qiladi. (Rimax) Doyim meni maqtaguvchi Mehribonlik qilguvchi Hazilkashlik bobida Hammani ortda qoldirguvchi. (General) Bu janobdur ajoyib Gapirishlari g’aroyib Hali kelsa ko’rasiz Hayron bo’lib qolasiz. (Bmw_X6) Bu do’stim ko’rsam hargal Yuzda tabassum erur Quvnoqqina bolakay Nuqul ustimdan kulur. (7890077) Bir do’stim bor raqamdan Nuqul sog’intirib qo’yadigan Onasining erka o’gli Andijonning mard o’g’loni.
(FunnyUzbek) Bu bolakay futbalistchi To’pin tepib yurguvchi Ukashka deb hazil qilsamda Hamisha hazilimni ko’targuvchi (Bakhodir) Doyim yelib yugurguvchi Olg’a qadam bosguvchi Ishq yo’lida mastu-hayron O’z baxti tomon intilguvchi. (Sohibquron) Shoirlikka oshnodur Ilhom esa qadirdon Qofiyani qoyillatur Hammani lol qoldirur. (Bek_Arab) Po’nchikina nevaram Qulog’iga gap kirmas Kashalarni tugatguvchi So’ng yana bormu deguvchi. (Dildor_7977 va Tillobek) Choli-kampirdur bular Bir-biriga yarashgan Bazan janjal qilishar Forumni boshga ko’tarishar
(Parizod -man) Bazilar atashar Zodapari Ja bo’lmasa Dodapari Laqablarim bir ko’pdur Kotibayu, Muhidur Qirq hunarim oz deya Enagalik qilurman Kuydirgan kalla misol Tirjayib ham qo’yurman. Hazilniku qotirdim Gapni esa yedirdim Endi sherim ado qilay Qofiyani tinch qo’yay.
Bularning hammasi hazil, o'zilarga qattiq olib yurmelar. Prosta ilhom kep qoganda yozib qo'ydim. Sherda qatnashmaganlar ili unutib qo'yganlarim bo'lsa oldindan uzr so'rayman. Hafa bo'mesila degan umiddaman!!!!
|