Jannatdan kelgan bolam,Bahor gulidek ochilding. Keng dunyoga jar solib,Yorug' dunyoga kelding. Ko'zimda quvonch bo'lib,Shodon kulib turarding. Bu hayotga o'ynab kulmay,Nega bizni tashlab ketting.
Dunyoga kelgan kuning,Man elga to'y bergandim. Ollohdan umur tilab,Ismingni Shahzod deb qo'ygandim. Haliyam ko'zimda yosh,O'ynagan o'yinchog'ingni ko'rsam. Manga nima olib keldiz dadajon,Deb quchog'imga otilganingni eslasam.
Yelkamda opichlab bolam,Uyni to'ldirib o'ynardik. Shodon kulgularingni eslab,O'yinchog'ingni olib keldik. Onang bilan turibmiza mana,Afsus bizdan uzoqdasan. Yonginangda turibmizayu lek,Qo'llarimiz yetmas bolam.
Shuncha odam sig'gan dunyoga,Yoshgina bolam sig'may qolding. Jajji qalbing sinov ko'rmay,Jajji qabrga kirding. Onang ko'zi yoshga to'la,Sabri yetmas judolikka. Eh man qandayin chiday endi,Bunchalar tez ayriliqqa.
Bahor fasli keldi mana,Shamol esar kulib shirin. Eshitilar qulog'imga,Handon otib kulishlaring. Hali o'n to'rt bahor ko'rmay,Aka-opang mehrin bilmay. Bizlar bilan vidolashmay,Yorug' olamdan ko'z yumding.
Jannatdan Maktub: Assalomu Aleykum.! Dadajon-Oyijon sizlarni judayam sog'indim.! Mani kechirila mehrilani tez tark etdim.! Man har kuni sizlani yulduzladan tomosha qilib o'tiraman.! Farishtalaga sizlani sog'inganimni aytsam,ular mani sizlarni tushlarizga kirgizadi.! Man tushlarizga kiraman Oyijon bilasizmi kechalari uxlolmay chiqqan paytlarimda manga alla aytardiz.! Mana o'sha yoshligimdagi beshigimni oldidaman.! Negadir uxlolmayapman Oyijon beshigimni qo'ng'iroqchasi bor ediya.! Sizlarni ko'rgani borganimda har kecha o'sha qo'ng'iroqchani jiringlatib qo'yaman.! Oyijonim, mani kelganimni sezib "ana bolam keldi" deya beshigimni oldiga yugurardiza.! Aytgan allalarizni eshitib qaytib ketardim.! Oyijon endi yig'lameng iltimos.! Man doim yonizdaman,tushlarizga kirib turaman faqat yig'lamang Oyijon.! Dadajon manga nima olib keldiz.! Aytgan o'yinchog'imni olib keldizmi,sizni judayam sog'indim.! Yelkayzga mindirib olib o'ynatgan kunlarizni xech qachon unutmayman.! Dadajon Oyijonimni ehtiyot qiling aka-opalarimni asrang.! Sizlarni jannatda kutaman.! Sizlar hali ko'p yashaysizlar.! Mani qabrim bugun gullarga to'lganidan xursandman.! Bahor fasliga tug'ilganim uchun sizlarga shamol esganda kulgularimni yuboraman.! Salom Opajonim mani yakkayu-yagonam.! Sizni ham juda sog'indim,ko'rgim keldi.! Kechalari o'ynaganimiz esizdami.! Mani opichlab olib yurganiz,mehrli ko'zlarizni xech qachon unutmayman Opajon.! Akalarim mani yo'qligimni bildirishmasin,o'zilani extiyot qilila.! Sizlar mani baxtim,go'zal hayotimdagi shirin xotiramsizlar.! Man bir kuni bag'rilaga qaytaman Oyijon.! Faqat ozgina sabr qiling xopmi.! Dadajon ertaga Oyijonim bilan Bolalar uyiga mani o'yinchog'larimni olib boring.! Man o'ynolmagan o'yinchog'larimni ko'ngli yarim bolalar o'ynasin.! Sizlarni judayam yaxshi ko'raman..!
Bugun ko'rdim tushimda sani,Kelding qo'lda o'yinchoq bilan. Manga tutib o'yinchog'ingni,Deding bolalani xursand qiling. Yana aytding dadajonim,Men qaytaman hali uyga. Men ko'rganim yarim mehr,Ko'ngli o'ksik mehr to'lsin.
Onang bilan keldik mana,Bolalar ko'p mehr uyiga. O'yinchog'ing sovg'a qildik,Guldek shirin bolalarga. Eng yoqtirgan o'yinchog'ing,Qo'lda qoldi bergim kelmas. Bir bolakay keldi "amakijon manga nima olib keldiz" deya.
Ko'zlarimga ishonmayman,bunchalaram o'xshar ekan. Onajoning bolam deya,bag'riga xo'p bosar bolam. Tushimdagi ko'rganlarim,manga bolam qaytib keldi. Aytganlaring qildim bolam,Seni tangrim qaytib berdi.
Bolalar uyidan: Amakijon manga nima olib keldiz.! Iye..! Hudoyim karomatingdan o'rgilay.! Onasi buyoqqa bir qara.! Ha dadasi.! Mana bu bolakayni ko'ryapsanmi.! Voy tovbaaa! Qo'yib qo'yganday bolamizga o'xsharkan.! O'g'lim isming nima.!? Shahzodbek !!!
Sasha.B -Ijodidan... Hayotiy Dramma..!
|