Главная » 2014»Октябрь»12 » Farg‘onadagi yangi stadion qurilishiga 73,5 milliard so‘m sarflandi.
00:20
Farg‘onadagi yangi stadion qurilishiga 73,5 milliard so‘m sarflandi.
Farg‘ona shahrida yangi futbol stadioni qurilishi tezkorlik bilan olib borilyapti. Bu haqda 12-oktabr, yakshanba kuni “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar berdi.
Xabar berishlaricha, bu yerda 73,5 milliard so‘mdan ortiq qurilish- obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Stadion atrofidagi to‘qqiz gektar maydonga uch ming tupdan ziyod manzarali daraxtlar, uch ming tup butali daraxt ko‘chatlari ekildi. Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahrida 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion qurilish 2013-yildan beri davom etmoqda. O‘zA axborotiga ko‘ra, 16 gektar yer maydonini egallagan inshootda futbolchilar, mehmonlar va tomoshabinlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2014-yil iyunida obyektda bo‘lib, ushbu stadionda sportchilar, tomoshabinlar uchun qulay shart- sharoit yaratish, yosh sportchilar, xususan, futbolchilar tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligini uqtirgan edi.