Istak nima sog’inchlarim asli nedir..?!
Yo’qlik qadar,mangu yo’lda ketmoqdamiz. Qidir jonim..uzlatlardan meni qidir.. Peshonaga ayriliqlar bitmoqdamiz..!
O’tmishlar ham sog’intirmas endi butkul, Jonni olgan nigohlaring endi hayron.. Faqatgina tuyg’ularim,qoldilar tul, Omon qolmas,muhabbatlar endi omon..!
Izhorimiz yiroq ketar tashlab bizni, Hijronlarim iskanjaga olar qalbim. Yillar zayli yuvib ketmoq bo’ldi izni, Asrlardan sado berar balki dardim ..!
Munis nigoh,munis ko’zlar qani ayting..?! Ishonchlarim yo’qolibdi qay manzilda.? Qaytolsangiz yuragimga endi qayting, Jonim halqum qadar kelmoq bo’ldi qilda..!
Sadoqatdan so’zlolmayman endi aslo, Bu tuyg’ular begonadir endi butkul. Yuzlarimiz teskarilar bo’lsa illo, Olov yonib qolganlari bo’ldi tutun..!
Yo’q..yo’q eni ayriliqlar bo’ldi maskan, Yolg’on ishva,yolg’on so’zlar yetarli bas. Men bilgan ishq benomuslik o’zi ekan. Yuragimdan o’chiraman sen abas..!
Ketgil..yo’qol ko’zlarimdan,balki yoddan, Istamayman,yaqinlashma muhabbatga. Chaqsang balki kunlar kelib endi olddan, Seni noming ko’madirman men hasratga..!
Faqatgina..hislarimga achinaman..!
Muallif: EL_SHaFeY
|