Xonanda va akterlar doim omma e`tibori markazida. Ularga muxlislardan, fanatlardan turli-tuman xatlar kelishi, behuda qo`ng`iroqlar bo`lishi tabiiy hol.
Lekin bu holatlar san`atkorlarimizning shaxsiy hayotlariga halaqit berishi, qolaversa, ayrim oilalarning buzilishiga ham olib kelishi mumkinligini, afsuski muxlislar o`ylab ko`rishmaydi. Xususan xonanda jamshid Abduazimovning oilasi ham yuqoridagi sabablar tufayli buzilish arafasida. Xonandaning so`zlariga qaraganda, rafiqasi uni muxlisalaridan rashk qilgan, g`ururini bilmaydigan qizlar tomonidan kechayu, kunduz bo`lgan tinimsiz qo`ng`iroqlar va maktublar oxir oqibat ikki farzandi bor oilanining ajrashishiga sabab bo`ldi. Biz esa jamshidga oilasini saqlab qolish uchun tinimsiz harakat qilishini tilab qolamiz.
Manba: darakchi.uz