Shu yaqin kunlardagi ko’ngilni larzaga solgan voqea:
Ayol eridan ko’p nolimish bo’ldi:
- Nega doim kam pul jo’natasiz? Hamma 1000$ dollar jo’natganda siz atigi 300$ jo’natasiz. U yerdan uylanvoldizmi-a?
Er Rossiyada ishlamish bo’ldi. Topganini jo’natmish halol er bo’ldi. Ayol kuchlik chiqdi. Ko’nmadi, unamadi.
- Menam Rossiyaga boraman, kundoshimni kunpayakun qilaman…
Ayol Rossiyaga bordi. Erining ishlamish joyini topdi… Er hojatxona tozalamish xizmatchi bo’ldi…