BILASIZMI?
Eng ko`p pul sarf etilgan nikoh marosimlari haqida eshitganmisiz? Quyida “Betty Confidencial” nashri tomonidan taqdim etilgan o`nlikni e`tiboringizga havola qilamiz…
10-o`rin. Eng ko`p pulga ega bo`lgan golf ustasi Tayger Vuds va shved modeli Elin Nordegren o`rtasida tuzilgan nikoh 10-o`ringa mos topildi. Barbadosning dengiz kurortida bo`lib o`tgan marosim feyerveyklarga boy bo`ldi. To`yni esa amerikaning “Hootie & the Blowfish” rok guruhi o`tkazdi. Mehmonlarga noqulaylik tug`dirmasligi uchun Tayger “Sand Lane Beach Resort” deb atalgan butun boshli kurortni va 200 o`ringa ega bo`lgan mehmonxonani band etdi. Nikohga umumiy hosibda bir yarim million dollar sarf etildi.
9-o`rin. Mashhur musiqachi Elton Jon va Devid Fernish o`rtasidagi nikoh ham shuncha pulga tushgan. Ikki kun davom etgan marosimga 600 dan ortiq mehmon tashrif buyurgan.
8-o`rin. Qo`shiqchi Kristina Agilera va musiqa prodyusseri Jordan Bratman o`rtasidagi nikoh marosimiga 2 million dollar ketgan. Ularning to`yi 2005-yilning noyabr oyida Kaliforniyaning Napa vodiysida bo`lib o`tdi. Nikoh ko`ylagi 30 mingga, uzuk esa 40 mingga tushgan. Nikoh bazmi esa 1000 ta oq atirgul bilan bezatilgan joyda bo`lib o`tdi.
7-o`rin. 2006-yil Rimning qadimiy qasrlarida nishonlangan Tom Kruz va Keyti Xolmsning nikohiga 2 million dollardan biroz ko`proq pul sarf etilgan. Mehmonlar akkompanement orkestri va Andrea Bochelli san`atidan bahramand bo`lishdi. Barcha ishtirokchilar uchun Jorjio Armani modalar uyidan maxsus kiyimlar buyurtma qilindi. Faqatgina kichkina Suri o`z kiyimida qoldi. Bu esa to`y egalariga 100 ming dollarga tushdi. Sahiy Tom barcha mehmonlarning yo`l kira haqqini ham o`zi to`lagan edi.
6-o`rin. Elizabet Teylor va Larri Fortenskining nikohi 2 millionga tushgan. Bu nikoh marosimi 1991-yilda bo`lib o`tgan edi. Kelin Valentino nikoh ko`ylagi uchun 30 ming dollar sarf etgan. Marosim esa Neverlanddagi Maykl Jeksonning ranchosida bo`lib o`tgan.
5-o`rin. Gollivud aktrisasi Liz Xerli va Hindiston milliarderi Arun Nayyar o`rtasidagi nikoh ikki yarim million dollarga tushgan. Ularning nikohi ham sarflangan puli bilan, ham uzoq davom etganligi bilan e`tiborga loyiq. 2007-yilning mart oyida bo`lgan marosim 8 kun davom etgan. Britaniyaning qadimiy qasrida boshlangan marosim Hindistonning qasrida davom etdi. Shuningdek yoshlar dunyo bo`ylab aviasayohatga ham chiqishgan.
4-o`rin. “The Beatles” guruhi a`zosi Pol Makkartni va Xizer Mills o`rtasidagi nikohga 3,2 million dollar sarflangan. Sobiq model nikoh ko`ylagini o`zi buyurtma berib tiktirdi. Buning uchun u 40 ming dollar sarfladi. Marosim esa 2002-yilning iyun oyida Irlandiyaning Lesli qasrida bo`lib o`tdi. Avvaliga mehmonlar uchun dasturxon taqdim etildi. E`tiborli tomoni Taomlar vegetarianlarga mo`ljallangan edi. So`ng mehmonlar feyerveykli shouga taklif etildi.
3-o`rin. Qo`shiqchi Layza Minelli va prodyusser Devid Gest Nyu-Yorkda 2002-yilda nikohdan o`tishdi. Bu marosim tomonlarga uch yarim million dollarga tushdi. To`rtinchi bora nikoh qurayotgan kelin Bob Mackie nikoh ko`ylagiga 45 ming dollar sarfladi. Marosimga 850 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Ular orasida Elizabet Teylor va Maykl Jekson ham bor edi. Nikoh torti bir yarim metr uzunlikka, 12 ta pog`onaga ega bo`lib, 40 ming dollar evaziga tayyorlangan. 60 ta musiqachi, Toni Bennet, Stivi Uander va Natali Koul mehmonlarni zeriktirishmadi. Afsuski quvonchlarga boy bo`lgan nikohdan bir yil o`tgach yoshlar ajrashishdi.
2-o`rin. 2009-yilning aprelida qayd etilgan Salma Hayek va milliarder Fransua-Anri Pino o`rtasidagi nikoh uchun uch yarim million dollardan ko`proq pul sarf etilgan. Marosim Venetsiyada bo`lib o`tgan. Marosim dasturga 3 kunlik maskarad va Ispaniyalik oshpaz Xose Andres tomonidan tayyorlangan tushlik kiritilgan. Mehmonlar orasida Penelopa Krus va Sharliz Teron kabi mashhur kishilarni ham ko`rish mumkin. Bono va Irlandiyalik Damiana Raysning qo`shiqlari mehmonlarni hushnud etdi.
1-o`rin. Bu nikoh marosimi uchun 4 million dollar sarf etilgan bo`lib, u telekanallar orqali ham namoyish etilgan. Buning uchun kelin-kuyov pul sarflamadi. Trista Ren va Reyn Satterning nikoh marosimini ABC telekanali namoyish etish haqida taklif bilan chiqqanida yoshlar bunga e`tiroz bildirishmadi. Marosim uchun Kaliforniyadagi Miraj ranchosi tanlandi. Kelin Badgley Mischka nikoh ko`ylagida marosimga keldi. Tuflisini esa Styuart Veysman ko`rsatmasiga muvofiq brilliantdan tayyorlashdi. Marosim ishtirokchilari to`y uchun maxsus jahonning 14 mamlakatidan keltirilgan taom, mevalar, vino va shampan vinosi bilan siylandi. Marosim dasturxoni uchun 500 kg shokolad sotib olindi. Zal bezagi uchun 30 000 atirgul ishlatildi. Marosim telekanal uchun ham foyda keltirdi. Ya`ni marosim reytingi juda yuqori bo`ldi.
|