O'tdi umrim seni kutishlar bilan... Har tun, har tong ko'zda yosh bilan... Qo'rqib uyg'onaman ko'rgan tushimdan... Nega ket deding endi qaytmayman...
Biz uchun baxtlar armon bo'lsa ham... Visol onlar, abad hijron bo'lsa ham... Shirin orzu dilda xazon bo'lsa ham... Nega ket deding endi qaytmayman...
Birovga endi men ko'ngil qo'ymayman... Qalbim izhorin, oshkor etmayman... Qiynalsam ming bora ohlar urmayman... Nega ket deding, endi qaytmayman...
Gohida yig'lasam, taqdirni o'ylab... Yoki do'stlarimni, sog'inib, qumsab... Hayotda ishqsiz yashayman, dardsiz.. Nega ket deding endi qaytmayman...
Qalbimni, borimni berib sevgandim... Mehrni, tuyg'uni senga bergandim... Quvonchni, shodlikni sen deb bilgandim... Nega ket deding endi qaytmayman...
Hayotim mazmuni, hayolim eding... Orzular ro'yobi, baxtlarim eding... Armonlar, alamlar begonam edi... Nega ket deding endi qaytmayman...
Baxtim o'zing, jonimsan derding... Ne bo'lsa ham yagonam derding... Muhabbating qalbda asrayman derding... Nega ket deding endi qaytmayman...
O'zgani yor bilib, sevging unutding... Shunchaki havasga meni almashding... Muhabbatni sen, bugun yig'latding... Nega ket dedim endi qaytmayman...
Umidabonu Abbosova... 19.06.2012...17:08...!
|