Ko’zlarim kulgingni ko’rsa,ko’rmasa,
Qo’limdan kelsa ish,qilayinmi ayt..!
Vaqt davo deganding barcha dardlarga,
Bunday tasavvurlar ekan g’irt yolg’on.
Qara.. yuzimdagi ajin,gardlarga,
Vaqtlarning zarbidan burishgan chunon.
Sezmay qolar odam yillar shitobin,
Sog’inchlar varaqlar umrim kitobin,
Senga begona bu xijron azobin,
Nima qilib senga bildirayin ayt..!
Bilaman,hammasi bo’lganin tamom,
Visoling orzusi men uchun xarom,
Unutganing kabi meni batamom,
Qanday qilib men xam unutayin ayt..!
Qanday ro’parangda o’tibman dov,
Ko’zlarim aksida kechagi aldov,
Ammo yurgimda yonmoqda olov,
Suv bormi..?yong’inni o’chirayin ayt..!
Jim qarab kulasan,kulgiching ajal,
Qorachiq yolg’ondan yonadi yal-yal,
Qilsang qilaqolgin taqdirimni xal,
Yana…indamasdan ketayinmi ayt..!
Jim qarab,oxisda bo’lasan jilmoq,
Oyoq tovushlaring chiqar balandroq,
Yurak ukrigidan yirtilar tomoq,
Dardimni ichimga yutayinmi ayt..!
Ojizlik..Jonsizlik timdalar dilim,
Ochilmay so’lgandi muhabbat gulim,
Men uchu begona,lekin ‘sevgilim’
Endi men nimaga,intilayin ayt..!
Ayt…………!
Muallif : EL_SHaFeY