Taniqli kinoaktyor Alisher Uzoqov "shahmat o'ynini" yo'g'e, o'z filmini davom ettiradi. "Mening akam bo'ydoq" nomli film bilan kinorejissorlik borasidagi o'z debyutini nishonlagan Alisher Uzoqov "Endi dadam bo'ydoq" kartinasini ham suratga tushirib bo'ldi. Tez kunlarda katta ekran yuzini ko'rishi rejalashtirilayotgan mazkur film prem'erasiga katta taraddudlar ko'rilmoqda. "Endi dadam bo'ydoq" filmi "Mening akam bo'ydoq" filmining davomi sifatida suratga olingan bo'lib, unda deyarli o'sha aktyorlar jamoasi ko'rishimiz mumkin. Film albatta komediya janrida suratga tushirilgan bo'lib, sizni e'tiboringizni torta oladigan kinosahnalarga juda boy. Umid qilamizki, Alisher Uzoqovning rejissorlik borasidagi yurishlari ham zafarli kechishda davom etadi va doimo o'z tomoshabinlariga ega filmlarni suratga tushiradi.
Alisher uzoqovda tug'ma qobiliyat bor.u xam kamediya xam jiddiy ro'lni shunaqangi maromiga yetqazib o'yniydi.to'g'risi bu bola kamediyadan boshqasini o'ynolmidi dib yurardim.lekin "so'ngi laxza"filimini qoilmaqom darajada o'ynagan.7 marta ko'rganman o'zim