10. Guanchjou xalqaro moliya markazi – 437.5 metr Xitoyning Guanjou shahrida joylashgan ushbu inshoot balandligi 1435 fut yoki 437.5 metr. Umumiy maydoni 448ming kv.m bo’lib, 103 qavatdan iborat. Oyna va po’latdan qurilgan. Qurilish ishlari 2005-yilda boshlanib 2010- yilda nihoyasiga yetgan. Binoda mehmonxona, ofislar, restoran va boshqalar joylashgan.
9. KK100 – 441.8 metr Bu inshoot ham Xitoyda, Shenchjen shahrida joylashgan. 2007-yildan 2012-yilgacha qurilgan. 100 qavatli ushbu bino mehmonxona va ofis sifatida xizmat qiladi.
8. Uillis Minorasi – 442.1 metr Chikago shahrida joylashgan Uillis Minorasi 1998-yilgacha butun dunyodagi, 2010- yilgacha AQSHdagi eng baland inshoot bo’lib kelgan. 1974-yilda qurib bitkazilgan. Balandligi antennasi bilan birga 527.3 metr. 108 qavatdan iborat bo’lib, umumiy maydoni 418,064 kv.m. Qurilishda oyna, po’lat, aluminiy, temir-betondan foydalanilgan.
7. Nankin grinlend moliya markazi – 450 metr Yanszi daryosi bo’yidagi ko’hna Nankin shahrida qad rostlagan ushbu imorat 89 qavatdan iborat bo’lib, mehmonxona, ofislar, restoranlar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 72- qavatdan turib sayyohlar shahrni tomosh qilishlari mumkin. 2005-2010- yillarda qurilgan.
6. Petronas egizak minoralari – 451.9 metr Eng mashhur osmono’par binolardan biri. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan. 1992-1998- yillarda bunyod etilgan. Qurilishda oyna , po’lat, aluminiy konstruksiyalari foydalanilgan. 88 qavatdan iborat bo’lib, maydoni 341,760 kv.m. 2003- yilgacha dunyodagi eng baland bino bo’lib kelgan.
5. Gonkong Xalqaro savdo markazi – 484 metr Gonkong shahrida qad rostlagan ushbu bino 108 qavatdan iborat. Binoda mehmonxona, ofis va boshqalar joylashgan. 2002-2010-yillarda barpo qilingan bo’lib, qurilishda oyna va po’lat konstruksiyalar ishlatilgan.
4. Shanxay jahon moliya markazi – 492 metr 1997-2008-yillarda barpo qilingan. Qurilishda oyna, po’lat va temir-beton konstruksiyalari foydalanilgan. 101 qavatdan iborat bo’lib, maydoni 377,300 kv.m hisoblanadi. Dunyodagi eng baland bino bo’lishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari nihoyasiga yetay deganda Tayvandagi Taype 101 binosi undan o’zib ketishi ma’lum bo’lgan. Biroq poydevori shundoq ham 460 metrga mo’ljallangani uchun, yana balandlatishning iloji bo’lmagan.
3. Taybey 101 – 508 metr Ushbu bino 101 qavatdan iborat bo’lib, 1998-2004- yillarda qurilgan. 2004-yil 31-dekabrda rasman ochilgan. Qavatlarining umumiy maydoni 412,500 kv.m. Oyna va po’lat konstruksiyadan qurilgan bino og’irligi 705,130 tonnadan iborat. 2010- yilgacha dunyodagi eng baland inshoot bo’lgan.
2. Makka Qirollik Soat Minorasi – 601 metr 2004-2012-yillarda qurib bitkazilgan. Dunyodagi eng baland mehmonxona. Dunyodagi eng baland va eng yirik soat. 65 ming kishini o’z bag’riga sig’dira oladi. Oyna, po’lar, marmar va temir-beton konstruksiyalaridan Islomiy uslubda qurilgan. 120 qavatli mehmonxona maydoni 1,500,000 kv.m dan iborat. Binoda 5 yulduzli mehmonxonadan tashqari, kvartiralar, 4 qavatli savdo markazi, 3800 kishilik masjid joylashgan. Qurilish ishlariga 1.6 milliard $ mablag’ sarflangan.
1. Burj Xalifa – 828 metr 2004-2010-yillarda qurilgan. Inson bunyod etgan eng baland inshoot. Dubayda joylashgan. 163 qavatli bino maydoni 517,240 kv.m. Oyna, po’lat, aluminiy va temir-beton konstruksiyalaridan foydalanilgan. Ang yuqori qavat 584 metr balandlikda joylashgan. Qurilish davomida binoning haqiqiy balandligi qattiq sir tutilgan. Biroq 2006-yilda lohiya ishchilaridan birining 808 metr haqida "gullab qo’yishi” tufayli yana 20 metrga uzaytirilgan.Burj Xalifa dunyodagi eng tezkor lift bilan jihozlangan (700 metr/minut). 2010-yil 4-yanvarda rasman ochilgan.
|