Shveytsariyaning Bazel shahridagi botanika
bog'ida dunyodagi eng katta gul ochildi.
Titan Arum deb nomlanuvchi gulning
balandligi 2,27 metr keladi.
Gulning gulbarglari to'q qizil rangda, so'tasi
esa sariq. Guldan aynigan go'shtning hidi
kelishiga qaramasdan, uni tomosha qilish
uchun ko'plab odamlar tashrif buyurdi,
deya xabar beradi Geneva Lunch.
Titan Arumni "ifori” uchun "murda gul” deb
atashadi. Unday o'tkir hid va yorqin rang
changlatuvchilarni, ya'ni o'laksaxo'r
pashshalar va qo'ng'izlarni o'ziga jalb etishi
kerak. Tabiiy sharoitlarda gul faqat Sumatra
oroli changalzorlarida o'sadi. Shuningdek,
uni botanika bog'larida ko'rish mumkin.
Titan Arum 20-40 yilda bir marta va bor-
yo'g'i ikki kungina gullaydi. Dunyo bo'ylab
ushbu o'simlik gullagan faqat 163 holatgina
qayd etilgan. Shveytsariyada "titan” ilk
bora gulladi.
Ana gulu mana gul gullarni do'dasi ekanu xidi bo'maydi ekan, piwgan go'wni xidi keganda zo'r bo'lardi Qaysi qiz shunaqangi katta gul sevglisidan oliwni istaydi