BAAning Dubay shahrida yo‘lovchi avtobusi va yuk avtomobili o‘rtasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gulf News xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, to‘qnashuv natijasida yana 12 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Kun”ning yozishicha, Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlaktalaridan kelgan 27 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus yo‘l yoqasida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Hozirgi vaqtda transport vositalarining egalari hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida hibsga olingan. Avtobusning pokistonlik 40 yoshli haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
|