Aziz saytdosh. Sizu biz ushbu saytdan maroq bilan foydalanamiz. Bo'sh vaqtimiz bo'ldi deguncha saytga kirishga, saytda nima yangiliklar borligiga va albatta uni o'qishga xarakat qilamiz. Chatga kirib do'stlar bilan g'oyibona suxbat qilamiz va albatta bu xolatdan ko'nglimiz to'ladi. Kayfiyatimiz ko'tariladi va qaysidir ma'noda yuqoridagi ko'tarinki kayfiyat bizlarga kun davomida xamrox bo'ladi. Siz va men doimiy ravishda foydalanadigan ushbu saytdan yana bir inson, men qadrlaydigan do'stim ham foydalanadi. Aslida siz ham ushbu sayt orqali uni taniysiz. Gap shundaki do'stimning (do'stimizning) mana bir necha oydirki mazasi yo'q. Undan tez-tez xabar olib turaman. Yaqinda ham qaxraton qishning sovuq kunlarining birida tabiat oppoq qorga burkangan chog' men yana do'stimdan xabar olish uchun uyiga bordim. Qarasam qo'l telefonidan foydalangan xolda sherlar.Uz saytini o'qib o'tirgan ekan. Salom alikdan keyin u menga yaxshiyam shu sayt bor ekan, zeriksam albatta kiraman, yangiliklarni xammasini o'qib bo'ldim dedi. Do'stim, baxor faslini ko'rarmikinman degan gapidan keyin yuragim ezilib ketdi. Men esa unga xali ko'p yashaysan deb dalda berib qaytgandim. Mana Xudoga shukrki baxor ham keldi. Bugun shanba men uni yoniga yana bordim. Baxor fasli bilan tabriklab keldim. Lekin azizlar do'stimizning axvoli kundan kunga og'irlashib borayotganini ko'rib qaytdim. Qo'limdan esa xech nima kelmaydi. Xudoga iltijo qilib do'stimga shifo berishini so'rayapman xolos. Azizlarim, sizdan iltimos siz ham men kabi do'stimizga shifo tilang. Yangiliklar kiriting. Zero ozgina vaqt ajratib Xudodan so'rasak bizdan xech nima ketmaydiku. So'rang, do'stim xali ko'plab bahor ko'rsin. Ko'pni duosi ijobat bo'larkan.