Assalomu alaykum aziz saytdoshlar! Men doim saytdagi voqealarni o’qib boraman va men ham o’zim guvohi bo’lgan bitta voqeani aytib bermoqchiman. Zakir va Nodir ular juda qalin do’st edi bir maktabga borib maktabni tugatguncha bir partada o’tirdi. Lekin maktabni tugatib Zakir Akademik Litseyga hujjatlarini topshirdi. Nodir esa oilaviy sharoiti og’irligi sabab mashina tuzatish texiga ishga kiradi. Yoz oyida tex yonidagi do’konga chiqadigan qizni Nodir sevib qoladi. U qizni so’rashtirib ko’rsa u Zakirning kursdoshi ekan bundan u xursand bo’libdi. Nodir u qizga aytmay 2 yil sevib yuradi pinxona. Shu orada Litseyni tugatyotgan Zakir va u qiz o’qishga kirish uchun bir o’qituvchiga tayyorlanayotgandi va har kuni birga borib kelar xar xil hazillar bilan Zakir ham do’stining sevib yurgan qizini u ham sevib qolganini bilib qoladi. Shu asnoda qiz ham zakirga befarq emasdi. Zakir do’stiga qanday aytishni bilmay juda juda qiynaldi. Zakir qiz bilan sevishib yurgan bir paytda Nodir qizning telefon no’merini izlab yurgandi xatto Zakirdan ham so’radi. Lekin Zakir bilmayman deb javob berdi. Bir kuni qizning do’koniga kirsa stolda qizning telefoni turganini ko’rib o’zinikiga telefon qiladi va shunday qilib no’merini bilib oladi. Ertasi kuni zakir bilan Nodir birga yurganida qiz Zakirga telefon qilib qoladi buni ko’rgan Nodir do’stidan shubhalana boshlaydi va tez-tez ularning gaplashib o’tirgani va birga ko’p ko’rib qolayotgandibundan Nodir juda achchiqlandi. Bir kuni Nodir rosa ichadi buni ko’rgan Zakir Nodirni uyiga deb borib aytayotganida Nodir zakirga " It bo’lsang ham do’stimsan” deydi shu kundan buyon ularning do’stligi buzuldi faqatgina salom-alik qilardi sinfdosh bo’lgani uchun hozir Zakir juda juda azobda sevgani yonida lekin do’stini yo’qotdi. Maslahat beringlar u do’stini tanlashi kerakmidi yoki sevganini? U sevganini juda sevadi endi u bechora nima qilsin?
Bu dunyo yolg’onchi bevafo dunyo Dardi bor insonga topilmas davo Bunchalar shafqatsiz bo’lmasa dunyo Hamma podshohni ham qilarkan gado Bu hayot bir tekis ravon yo’l emas Ertaning kunini hech kimsa bilmas Hammaning ham aybi bor aybsiz emas Hamisha insonning aytgani bo’lmas Hayotning bir qancha sinovlari bor Biz bir oddiy bandamiz ko’rinmas zinhor Har bir qadamda ayblar bisyor Ko’rinmas sinovlarga turaylik tayyor Kimdir oson o’tadi kimdir chekar ozor Xatto yashashdan ham qilarkan bezor Hayot sinovlari bunchalar ayyor Boshingdan o’tkazsang bo’larkan oshkor.