Ikki do’st... Shunaqangi yaqin qadrdonki, huddi aka ukalardek. Bir qizni sevib qolishgandi. Biri bilardi, do’sti bir qizni sevadi va boshqasi bilardi, u ham bir qizni sevishini. Lekin ular bilishmasdiki bir qizni sevishlarini va aynan usha qizni sevishlarini. Bir kuni ular qizdan qo’lini so’ragani ketishdi... Ular turli vaqtda borishdi... Qiz birinchisiga aytdi: “Anavi tog’ni ko’rayapsizmi...”, yigit aytdi: “Ha, ko’rayapman...”. Qiz aytdi: “Soat kechki 12 da, usha yerda mash’ala yoqishingiz kerak....Shuni qilsangiz, men sizniki bo’laman... Agar yo’q desangiz, demak yo’q”. U ketdi. Ketidan ikkinchi yigit keldi, u ham qizdan qo’lini so’radi... Qiz unga aytdi: “Soat kechki 12 da, anavi tog’da mash’ala yoqilgan bo’ladi, agar siz ushani o’chirsangiz, men siznikiman...” Yigit rozi bo’ldi... Vaqt o’tdi... Soat 12 da birinchi yigit mash’ala yoqdi... 12:05 bo’lganda ikkinchi yigit keldi... Do’stini ko’rdi va so’radi: “Qadrdonim mening, sen bu yerda nima qilayapsan?”. U qizni qo’lini so’raganini va qizni shartini bajarayotganini aytib beribdi. Ikkinchi yigitdan so’raganida, u unga quydagicha javob beribdi: “Men sening oloving o’chib qolmasligini qo’riqlashga, yordam bergani keldim”...