Men bitta yigitning ENG YAQIN DO'STI VA SIRDOSHIMAN. Gap shundaki u bilan bitta dugonam orqali tanishib qolganmiz va dugonam uni xuddi o'z ukasidek yaxshi ko'radi. Biz uchchalamiz yaqin insonlarga aylandim. Birgalikda ko'p suxbat qurar edik. Men uni to'g'risi yoqtirb qoldim. O'zini tutishi men bilan teng turib baxslasha olishi va xurmat doirasidan chetga chiqmasligi meni o'ziga tortdi. Lekin dugonam menga uning yaxshi ko'rgan qizi borligini ular 4 yildan beri bir-birini sevishini aytganda to'g'risi qalbimda og'riq paydo bo'ldi, lekin yuragimda bitta ilinj bu og'riqni yengishimga yordam berdi. Men unga baxt tiladim. Men bir tomondan xafa edim chunki men endigina sevish qanday bo'lishini bila boshlagandim, lekin mening sevgim noqulay paytda ochilgan gulga o'xshardi, shuning uchun ham sevgim so'ndi. Lekin u axir sevgan va hozirda bunga javoban sevilmoqda-ku. Men unga sevishimni aytmadim bu qalbimning tub-tubiga yashirdim. Negaki agarda unga sevishimni aytganimda men o'zim uchun qadrli insonni yo'qotardim. Buni esa men sira ham hohlamasdim. Shuning uchun unga o'z tuyg'ularimni oshkor etmadim. Lekin unga ko'nglim borligini u sezib qoldi. Men u noto'g'ri hayolga bormasligi va oldimda o'zini aybdor xis etmasligi uchun unga telefon qilib, baxt tiladim. Oldiniga u hayratda qoldi. Men unga SIZNI QARANG-U BIR NECHA OYDAN BERI DO'STIMSIZ SEVGAN QIZINGIZ BORLIGINI NEGA YASHIRDINGIZ. ESHITDIM UNGA UYLANMOQCHI EKANSIZ MEN IKKALANGIZGA HAM BAXT TILAYMAN. BAXTLI BO'LING ESHITIB ROSA XURSAND BO'LDIM. MENI O'SHA QIZ BILAN ALBATTA TANISHTIRB QO'YASIZ, BO'LMASA MENDAN KO'RASIZ-A deb xazil qildim. U gaplarimni eshitib turib mendan SEN XURSANDMISAN? Deb so'radi. Men esa qalbimda og'riq ammo ovozimda sokinlik va quvonch bilan HA. AXIR SIZ BAXTLI INSONSIZ NEGAKI SIZ SEVASIZ VA BIR QIZNING SEVIKLI YORISIZ. AXIR BUNDAN XURSAND BO'LMAY BO'LADIMI? MEN XURSANDMAN U QIZ BILAN YAQINDAN DUGONA BO'LGIM KELAYAPTI. XUDO XOXLASA TO'YLARINGIZDA GUVOH BO'LIB O'Z XIZMAT QILAMAN. Deya kulib javob berdim. Shundagina uning ovozida mamnunlik ifodasini eshitdim. Men oldin unga ko'p telefon qilardim, keyinchalik unga goho telefon qiladigan bo'ldim. U mendan buning sababini so'raganda SEVGAN QIZINGIZ RASHK QILMASIN SIZNI MENDAN deya javob berardim. U vadasida turib u qiz bilan meni tanishtirib qo'ydi. Men ikkalasini ko'rib xursand bo'ldim va ularga har kuni baxt tilab duo qiladigan va xudodan ularga omad so'raydigan bo'ldim. Mening eng yaqin dugonamni to'yi bo'ladigan bo'ldi buni eshitib xursand edik. Men unga kelin dugona bo'lishimni so'radi. Bizning vilayatda kelin dugonalar 1-2 ta bo'lib ular qiz turmushga chiqib ketguncha yani to'y taraddudi boshlanib u yakuniga yetguncha qizning uyida qolishadi. Biz ertalabgacha gaplashib chiqdik. Bu orada u menga men yoqtirgan yigitning sevgan qizini boshqa birovga fotixa qilganlarini esshitib boshida hayratda qoldim. Sababini surishtirsam qizning oilasi badavlat bo'lib yigitni o'zlariga loyiq hisoblashmabdi va o'zlariga munosib oila farzandiga fotixa qilishibdi. Buni eshitib yigitning axvolini tasavvur qildim. Dugonam mendan unga yordam berib hozirda unga dalda bo'lishimni so'radi men yo'q deya olmadim chunki men uni og'ir axvolda yolg'iz tashlab keta olmasdim ham. Keyin u bilan tez-tez telefonlashib turadigan bo'ldik. Bazida u jaxl ustida uning to'yi oldidan meniki bo'ladi deya aytardi. Men uni tinchlasntirishga urinardim. Bu ish aqldan emasligini hali hammasi yaxshi bo'lishi aytardim. Oradan vaqt o'tardi. Lekin u qizning to'yi ha deganda ham bo'lavermadi. Bu holat uning yuragi ezardi u oxirigacha u qizdan ko'nglini uzolmadi. Biz deyarlitez-tez gaplashib turar edik (telefonda). U haftada bir marta qo'ng'iroq qilib habarimni olar va ozgina gaplashar edik. U bilan ati bir necha daqiqa gaplashar edik xalos keyin u jaxl qilar va men ham bo'sh kelmasdim. Tabiatan men mag'rur va qaysar qiz bo'lganim uchunmi unga bosh eggim kelmasdi. Lekin uning xolatini yana bir bora o'ylab ko'rib unga telefon qilib uni tinchlantirardim va undan uzr so'rardim. U ham o'z navbatida uzr so'rab qo'yardi. Bir kuni u menga mag'zun kayfiyatda kechqurun qo'ng'iroq qildi. Avvaliga ovozida mag'zunlikdan ajablandim. Buning sababini so'raganimda esa undan SHUNCHAKI OZGINA SEN BILAN GAPLASHGIM KELAYAPTI VAQTING BORMI? degan javobni oldim. U bilan uzoq gaplashdik. Keyin bilsam o'sha kuni uning sevgan qizi turmushga chiqqan ekan. Keyin u har kuni telefon qiladigan va biz gaplashadigan bo'ldik. Ba'zida urishib ham turamiz goho chin goho shunchaki yolg'ondan. U o'ziga mos qizni topishini juda istardim. Eng yaqin dugonam bilan bazan suxbatlashib turamiz shunda u menga ILTIMOS SABR QIL HAMMASI UNUT BO'LSIN AGAR SEN ISTASANG VA UNGA YORDAMINGNI AYAMASANG UNING KO'NGLIDAN JOY OLASAN FAQAT SABR BILAN KUT U HAMMASINI UNUTISHI UCHUN 1-2 YIL KERAK SHUNGACHA SABR BILAN KUTA OLASANMI? deya savol berdi. Men unga MEN UNI UMRIMNING OXIRIGACHA KUTISHIM MUMKINLIGINI LEKIN U MEN HOZIRDA UNDAN OLDIN KUTGAN SO'ZLARIMNI AYTSA KECH BO'LMASMIKAN, UNGA BO'LGAN MUNOSABATIM FAQATGINA DO'STLIK BO'LIB QOLMASMIKAN deya javob berdim. Men hozirda talabaman va kelajakda oldimga maqsadlar qo'yganman shu maqsadlar sari intilib yashamoqdaman. Maqtanish emas lekin rosti men ko'pchilikning ko'nglini topa olaman va yaxshi suxbatdoshman. Chunki men yoshligimdan boshqa qizlardan kirishimliligm bilan ajralib turaman. Shuning uchun ham atrofimda hozirda do'stlarim bilan bir qatorda meni yoqtirib qolgan yigitlar ham bisyor, lekin men ularning barisiga hali o'qimoqchi ekanimni aytib rad javobi berib kelmoqdaman. Bu hali turmushga chiqmasligimga bir sabab bo'lsa yana bir sababi eng yaqin do'stim o'ziga munosib qizni uchratishini kutishimdir. Unga irodali, aqlli, uni tushunadigan, mehribon qiz uchrashini tilayman. Chunki men uni ishonchli qo'llarda bo'lishi hohlardim. ISHON MENING AZIZ DO'STIM HOZIRDA SENING KO'ZLARINGDA AKS ETGAN MAG'ZUNLIK O'RNIDA XUDDI AVVALGIDEK SEVINCH NURLARI PORLASHINI ISTARDIM. MEN SENING BIR UMRGA ENG YAQIN DO'STING VA SIRDOSHING BO'LIB QOLAMAN. OLLOHIMDAN SENGA OQILA, MEHRIBON, SO'ZI SHIRIN, IFFATLI VA VAFODOR QIZNI YO'LDOSH QILIB BERISHINI SO'RAYMAN. MEN SENI ENG YAQIN DO'STIM DEYA ATAB SENI QALBIM TUBIDAN SEVAMAN. HAYOTDA BIR NARSA AMIN BO'LDIM. INSON BIR INSONNI CHINDAN SEVSA UNI O'ZINIKI QILISHNI EMAS BALKI ERTAGA KIM BILAN XAQIQIY BAXTIYOR BO'LSA UNGA YOR BO'LISHINI ISTAR EKAN. MEN HAM SENI BITTA QIZ BILAN BAXTLI BO'LISHINGNI ISTAYMAN. MEN SENGA YOR BO'LA OLMAYMAN. CHUNKI SEN MENGA QARAGANINGDA SENING NIGOHLARING MEN SEVGILINGGGA BO'LGAN SOG'INCHNI KO'RAMAN VA MEN SENGA UNI BOT-BOT ESLATIB TURAMAN. BU SENGA QANCHALIK AZOB BERISHI KO'RIB O'ZIM HAM AZOBLANAMAN AXIR SEN AZOB CHEKSANG MEN SANDAN HAM KO'P AZOB TORTAMAN-KU. SENGA OLLOHDAN XECH BO'LMASA SENI MENDEK SEVA OLADIGAN QIZNI TILAYMAN. SENI UCHRATGANIM UCHUN OLLOHGA BEXISOB SHUKRONALAR AYTAMAN. NEGAKI BU HAYOTIMDA SENI BIR BORA KO'RISH BAXTIGA MUYASAR QILDI, SEN BILAN DO'ST TUTINTIRDI VA SENGA NISBATAN QALBIMDA MUHABBAT TUYG'USINI UYG'OTDI. BU INSON MEN UCHUN KATTA BAXT. MENGA SHUNING O'ZI YETADI.
Uning uchun faqat do'st bo'lishing mumkin. Lekin bu sevgi emas-ku. Sabina senga qiyin bo'ladi. Undan menimcha faqat do'stlik javobini olasan Hayotda buna voqealar uchrab turadi
bu mening hayotimning xuddi o'zi. Men bilasmi undan kecholmadim, kechib ketolmadim. Bilaman bu tuyg'uni oxiri yaxshimas, lekin yurak ko'nmasa ilojsizman. Endi uni hayotida ham o'rnim katta, lekin bilaman bu sevgimas... Kechir sensiz yasholmiman...
xa chin dildan sevar ekan, xaqiqiy sevgi uchragan ekan u qizga. lekin ichidagilani, u bolani xayotini hammaga oshkor etishi yahshi bôlmasa kere axir bulani u ôqisa qalbi ogriydiku. muhabbatini dilida saqlab, olloxdan duo qilib sôrasa shuni ôzi yetadi. uzr agar sôzlarim ogir botgan bôlsa
Meni do'stim bu saytga kirish kirmasligini ayta olmayman, lekin shuni ham bilamanki agar u bu maqolani o'qisa balki hammasini tushunib yetar. Men unga bu maqolam orqali hammasiga vaqt davo bu kunlar hali ortda qolishini uning yonida doimo bo'lishimni unian faqatgina o'ziga munosib qizni uchratgandagiginatark etishimni aytmoqchi edim. Men bu so'zlarni unga hech qachon ayta olmayman. Chunki u meni xozirda o'ziga sirdosh va yaqin do'st deb biladi. Men undan xech narsa kutmayman chunki menga u bilan gaplashib turishning o'zi yetadi Chunki men uni o'ziga bildirmay DO'STIM deya SEVAMAN. Ishon do'stim bu kunlar albatta o'tib ketadi va sen o'zinga munosib yorni uchratasan
Men bu voqeani yozishimdan maqsad har birimizga bu dunyoda sevish va sevilish baxti nasib etadi. Lekin har kim bu tuyg'uni o'zicha his etadi. Menga yoshligimdan insonlarga ishonishni, atrofimdagilarga shirinso'z va g'amxo'r bo'lishim kerakligini o'rgatishgan. Axir bu dunyoda bizdan keyin ertaga ortimizdan do'stlar va fikrlar qoladi. Men hayotimda ko'p qiyinchiliklarni ko'rdim. Necha bora o'lim bilan kurashdim unga yuzma-yuz keldim. Balki shunga bo'lsa kerak men har bir o'tayotgan daqiqani qadrlashga o'rganganman. Ertaga nima bo'lishini xech kim oldindan aytib bermaydi shunday ekan har birimiz yonimizdagi insonlarni qadrlashimiz kerak
2 александр8888 (BUGUN 01:49) tanish bilish shu sayitga kirishi mumkun lekin bu qizni lognnini bilishmidiku manimcha bu qizning taniwlari kirmidi bu saytga (taniwi deganda sevgan insonlarini nazarda tutdim)
Nima deb o'ylaysiz mana biz kirib hammamiz bir-birimiz bilan gaplashib yuribmizu lekin kim qayerdanligini ochiq aytmagan balki o'sha gaplashayotganiz sizni qo'shningizdir agar bir kun siz ekanligizni bilsa nima bo'ladi...U haqida malumot yozsayz u ko'radiku sizdan xursand bo'ladimi keyin
Xa inson bir insonni chin dildan sevib qolsa uzidan xam kuproq uning baxtini uylidi uzi uchun eng qadirli narsasidan kechsa xam unda onson bulsin deydi .
...Umuman olganda yomon emas sevgi tarixi ajoyib ekan. Bir narsaga hayron qolamanda nega saytdagilar o'z hayotini ochiq oydin aytib berishadiki,xuddi uning atrofidagi odamlar mana shu saytga kirishmaydi xech narsani ko'rishmaydi deb o'ylashadimi.Agar shunga o'xshash sevgi tarixidagi qaxramonlar bir kun kirib o'zi haqidagi malumotni o'qib qolsa u qanday axvolga tusharkan shuni o'ylab ko'ryapmizmi...Bu gaplarni aytganim uchun uzur so'rayman.Bu mavzuni yozgan qiz sevgi nimaligini tushunib yetgan ekan u kishiga men ham baxt tilayman o'qishlariga omad hayot hali davom etadi,hudo xohlasa o'sha yigit ham o'z baxtini yana bir-bor topadi sevgi haqiqat !!!