Ha hammasi tugadi..orzular sindi, Shu zahoti yerga singidi tuyg’u. Tindi,to’lqinlarim shovuri tindi, Bo’ynimga osildi og’udek qayg’u.
Qoniga bulg’andi o’tmish hirsiyot, Hissiz qolaverdi ko’zlarim nochor. Ravo ko’ramadi-ku seni bu hayot, Bahorim bargida muzlamoqda qor..!
Indamasdan ketding,achinmay hatto, Bigiz kabi sanchib,qalbga og’rig’ing..! O’qtirding oxirini bo’lganin xato.. Yurak tomirimga yiqqanda yiring..!
Do’stim qo’llaridan tutgancha ketding, Beiloj,beimkon qolaverdim hung.. Jahannaming qoldi..qalbimda og’riq, Ko’zlarim tubida qotaverdi mung..!
Nega kerak bo’ldi,senga bu sahna? Do’stlar o’rtasida bo’lgancha talosh, Nahot ololmading sevgimdan bahra, Ko’zlaringda hatto qalqimasdi yosh..?
Hiyonat desammi yoki nimadir, Nomi bormi buni biror lug’atda? Muhabbating asli seni kimgadir, Bahtni berarmikan yakto fitratda…?
Charchadim..boshqa yozolmayman…!
Muallif (El_SHaFeY) Erkinbek Samanadarov
|