Sirdosh dugonam DiaLNeNiNo sabinaga bag'ishlangan!!!!
"D"-o'stim senga eslash uchun deb, "O"-chmas dilga yozdim sahifa. "S"-evgi qalbga tushar yil sayin, "T"-ayyorladim arzimas sovg'a. "I"-shingda rivoj tilayman, "M"-uhabbatda baxtiyor bo'lgin. "G"-archi qarib 100ga kirganda, "A"-sra buni avaylab qo'ygin!.
Orzular ko'p bo'lsin armon bo'lmasin, Gullar ochilib tursin xazon bo'lmasin, Bu dunyoda nima bo'lsa xam, Do'stligimiz yolg'on bo'lmasin
Sizdan shodlik ko’rib ko’zlarimda nur, Alam cheksam mayli, shunga ham shukur. Bu dardli dunyoda yaxshiki borsiz, Borligingiz uchun Sizga tashakkur!
Samimiy salomim yo'lladim bugun, Ko'rishmay qo'ydik bizlar ne uchun? Agar qo'yar bo'lsak vaqtni biz ustun, Oqibat yo'qolib ketishi mumkin.
Osmonning poyiga bosh qo’yar quyosh, Na kunduz, na tunda ko’ngil to’lmaydi. Olamdan do’st izlang, qidiring sirdosh, Mandan yaxshisini topib bo’lmaydi.
Sog'inyapman sizni bebaho do'stim O'tgan damlarimiz hamon yodimda. Olis bo'lsangiz ham qalbimga yaqin Kulib turgandeksiz meni yonimda!!!
Hayot shodliklarin shavqi boshqacha, Do’stlar kulgusining zavqi boshqacha. Do’st-u, birodarlar ko’p-u, va lekin, Sizdek qadrdonning o’rni boshqacha!!!
Yuragim siqilib g`am bossa meni, Men uchun kerakdur do`st-u himoya, Bor yo`g`i bir bora eslasam seni, Shuni o`zi yetar menga kifoya.
Do'stim tilagim senga, Yuragim xarorati, olqishi senga. Ma'nosin tinglayu joylagin dilga, Barcha pok tilagim barchasi senga
Mayli qashshoq bo'lib yashay, Bir umr bir-burda nonga ham bo'lay zor. Baribir tilimdan tushmaydi shukurki, Men baxtliman chunki sizday do'stim bor.
Seni judayam yaxshi ko'raman sabina san bilan tanishgan kunimdan beri bexad baxtiyorman ota-onang va mani baxtimga doim sog'-omon bo'lgin seni urushqoq dugonachang Guli :shy:
|