"Begim” deya barchaning ko`ngliga kirib borgan, latofatli xonanda Dilso`zning ijodi xozirgi kunda diqqat markazda ekanligi sir emas. Chinakkam ma`noda jozibali ovoz soxibasining navbatdagi qo`shig`i qanday chiqishi ko`pchilik uchun qiziq. Xar xolda "Begim” taronasi asrlarga tatigulik Xit bo`lgani Dilso`zning katta yutug`i bo`lish bilan birga uning bo`yniga juda katta ma`suliyat xam yuklaydi. "Oxlarim mani”, bu Dilso`zning navbatdagi qo`shig`ining nomi, Nodir Azimov so`zi, Iqbol Muxammad musiqasi xamda Otabek Qambaraliev aranjirovkasi bilan ijro etilayotgan bu xonish yaqin kunlarda G`M to`lqinlarida jarang sochadi. Xozircha klip xaqida biron bir ma`lumot yo`q, biroq bu klipni xam "Begim” klipini moxirona su`ratga olgan Mirmaqsud Oxunov xamda Rustam Murodovlarga ishonsalar kerak. Yana bir yangilik "Mardu maydon” jonli ijro festivalining navbatdagi kontsertida talablarga binoan Dilso`z xam ishtrok etishi ma`lum bo`ldi. Bu xaqidagi batafsil ma`lumotlar esa biroz keyinroq. Demak Dilso`zdan "Oxlarim mani”… kutamiz.
"Xayr, maktabim” shou-dasturida Ravshan Sobirov va estradamiz yulduzlari ijrosida eng sevimli taronalar yangraydi.
Dasturdan lazerli shou va zamonaviy xoreografiya o`rin olgan. Toshkentda bo`lib o`tadigan kontsert "Turkiston” saroyining yozgi maydonchasida, Samarqand shahrida esa "Mo``jiza” amfiteatrida o`tkaziladi.
Murojaat uchun telefonlar: 986-43-86, 234-99-45, 254-77-11