-Nima uchun aynan SPORT TVkanalini tanlagansiz:
-chunki sportga, xususan futbolga bolalaligimdan qiziqaman. 15 yoshimgacha futbolchi bo'lish orzusi bilan yashaganman. -Kimlarga havas bilan qarisiz:
-hozirgi vaqtda bo'sh vaqti bor va to'yib uxlash imkoniyatiga ega insonlarga!
-Noqulay ahvolga tushgan paytlaringiz bo’lganmi:
-bir marta soqov odamdan "nimaga jim turibsan?" dib keskinroq ohangda so'raganman. Gapira olmasligini bilganimdan keyin darhol uzr so'raganman. Lekin haligacha o'sha xatoimni o'ylab siqilaman...
-Qaysdir intervyuingizda JCHda ISPANiYA Yutadi dib etgan ekansiz doim tahminlariz tog’ri chiqadimi:
-har doim emas, lekin 90-95%
-O’zim ko’p guvoh bo’lganman konsertlada boshlovchilik qilgan paytiz she’r qo’shib gapirasiz . o’ziz ham yozib turasmi:
-QVZ va konsertlarda aytgan she'rlarimning deyarli hammasini o'zim yozganman.
-Oxirgi marta qo’lizga ogan kitobiz: Mari Pyuzo "Cho'qintirgan ota yoxud mafiya sardori".
-Boshqa yo’nalishda ishlay olasizmi?
boshga tushganni ko'z ko'radi. ishlay olaman, agar bu ish gunoh keltirmasa.
-Biror bir musiqa asbobini chalishni bilsizmi?
-doira chalishga qiziqardim. pianinoda "Romeo va Julietta"ni chalishni o'rgandim yaqinda
-Sizni kinoga ro’l o’ynash uchun taklif qilishdi siz:
-taklif qilishdi, rad javobini berdim. ssenariy sayoz
-O’zingiz haqingizda o’qigan eng qo’pol mish-mish:
-bitta qizni bolali qilib, homilador holida tashab ketganakanman. bunaqa ish manimcha qo'limdan kemasidi.
-Siz javob bera olmaydigan savol:
-qachon uylanasiz?
-Yashash uchun kuch bag’ishlovchi ibora:
-bundan battariyam bo'lishi mumkin.
-Rafiqangizda qaysi hislatlar bo’lishini hohlardiz?
-pazandalik, xushmuomalalik, kamgaplik, eng muhimi turmush o'rtog'ini tushuna olsin.
-Bolalikdagi eng yaxshi hotirangiz?
-makulatura sotib yiqqan pulimga o'zim xoxlagan narsalani sotib olardim. bu juda zo'r edi
-Jurnalist bo’lish bolalikdagi ozruizmi?
-yo'q, 1-raqamli orzu bo'magan. lekin havas qilardim
-Xobbiyingiz bormi?
bouling, futbol o'ynash
-Kimni inson sifatida hurmat qilasiz:
Mirkomil Musayev, Davlat Turdialiyev, Mirjalol Qosimov va yana 1-2ta siz tanimidigan odamlani
D.K ning shiori:
Yeganga yarasha 1 tog'ora ovqat yeyish kerak, 1 kosa bilan qorinni aldagandan foyda yo'q...