O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-apreldagi PQ-2163-sonli qaroriga ko‘ra, Ismailov Jahongir Gafurovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DTM sayti xabar berdi.
Avvalroq, internet nashrlarida DTMning sobiq rahbari Bahrom Mahmudovich Ismoilov o‘rniga yangi rahbar tayinlangani haqida xabarlar berilgan edi. Biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan edi.