Yomg'ir yog'ar yurak to'lg'onar Esga tushar yor men hamon bedor Yomg'ir shivirlar yorni eslatar O'sha bergan vadasi hayoldan o'tar.. Derazadan qarayman yomg'ir yuzga urilar Kuzataman sokin tun yomg'ir jilovlar uni Dardim aytsam qandoq bo'lar Yomg'ir tinmay yog'ar..
Sevardim go'zal qizni, dunyolarda yolg'izni.. Degan edim sen hayotim kechib ketmagin yorim, u ham meni sevardi bag'rimga bosh qo'yardi.. Oydin tunlar uchrashib sevgimizga ishonib, kunimiz o'tardi shod ayrilmaymiz umirbod berardik ko'p vadalar buginchi barbod ular.. Ishonardim hammadan ko'proq, qo'yvormasdim o'zimdan yiroq sof edi u qor misol oppoq, bugun esa qo'lda o'yinchoq.. Kunlar ketidan kunlar o'tar ayriliq dilni o'rtar, u siz o'tardi kunlar qumsardim nurli tunlar.. Yo'liga ko'z tutardim, har kuni zor kutardim topolmasdim yorimni bosay deb humorimni.. Kunlar o'tardi shu zayil izlardim har kun yelib, bilolmasdim qildim ne ayib ketmasdiku bunday kelib.. Yo'l yurardim topaman bugun, birga kezgan hiyobonlar jim.. Yomg'ir yog'ardi maydalab sekin, ko'zim tushdi o'sha qizga sachrab keti alamim.. O'zim bazo'r bosardim ko'zlarim chirt yumardim, yonida begona yor quchoqlashardi dildor.. Alam yoshi ko'zdan tomchilar menga qo'shilib osmon ham yig'lar.. o'sha bergan vadasi hayoldan o'tar .. Shundan buyon yurak qiynalar Unutolmay ozorlar chekar Dardim aytmay yurgandim alam Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.. Yomg'ir ham tinib qoldi Meni bolishim kutib qoldi Endi ozodman g'amdan Rahmat senga tinglading yomg'ir..