Sarhadlar yiroqlab bormoqda..
Ketyapman..bilmayin men qayon?
Ko’zlarim nelarni ko’rmoqda..?!
Vujudim jahannam otashin,
Ziyorat qilmoqda bedor tun..
Ko’zlarim nedandir qamashib,
Anduhim yonmoqda betutun..!
Orzular oshmayin amalga,
Isyonim toshmoqda ongimdan.
Duch kelib eng baland tamalga,
Quyoshlar yo’qoldi tongimdan..!
Eng yaqin oshnalar yuz burib,
Sotqinlik ro’yi-la boqmoqda..
Qasoskor ko’ksimga bir urib,
G’azablar yurakda oqmoqda..!
Taqdirni bitigin tan olmay,
Ketyapman..ketyapman yiroqqa..
Yurakning yoshiga hech qonmay,
Yig’ilar tiqilar tomoqqa..!
Go’zalim yuzlarin silolmay,
Indamay yo’qoldim men bejiz..
Anduhlar tog’larin hech tolmay,
Oshyapman..ortiqda yo’qdir iz..!
Go’zalim alvido..alvido..!
Yoshlaring to’lmasin tomoqqa.
Aytolmay ketyapman men vido,
Mahkumman eng oily sirtmoqqa..!
Yoshlarim ko’zimda bo’lsa jam,
Titroq tuymasin yuraging..
Eng ablah bir odam bo’lsam ham,
Bo’lmoqchi edim men tirgaging..!
Afsus..Imkonlar yo’qolmish..!
Muallif:EL_SHaFeY