Главная » 2013»Ноябрь»6 » Cobalt’da rul bilan bog‘liq nosozlik borligi aniqlandi
23:32
Cobalt’da rul bilan bog‘liq nosozlik borligi aniqlandi
General Motors bosh ofisidan kompaniyaning bo‘limlariga Chevrolet Cobaltda aniqlangan nosozlik haqida xabarnoma tarqatildi. Ushbu xabarnomaning Autocenter.uz’ga mushtariylaridan kelib tushgan nusxasiga ko‘ra, Cobalt avtomobilida rul tyagasi bilan bog‘liq kamchilik aniqlangan: ularning ba’zilarida rul tyagasi uchi yetarlicha qotirilmagan bo‘lishi va avtomobildan foydalanish chog‘ida u buralib ketishi mumkin.
Ushbu holatning oldini olish maqsadida kompaniyaning dilerlik korxonalariga barcha Chevrolet Cobalt avtomobillarida rul tyagasi uchlarining yetarlicha qotirilgani tekshirib ko‘rilishi vazifa qilib belgilandi.