Uzoq o'ylab nelardandir,yozgim keladi, Hayollarim parishon o'zimni,topgim keladi. Qaylargadir uchib ketdi,men kutgan orzu, Balki taqdir sinar meni,chunki hayot bu.
Yoshim o'tib bormoqdadir,sochim oqargan, Yuzlarimda ajinlar-u,dardlar joy olgan. Ehhh...Hali bu dunyoda,nelar bo'lmagan, Shu kunlarga yetganimga,shukur qilaman.
Kecha dadam ekkan daraxt,gullarga to'ldi, Shuncha sabr toqat bilan,osmonga yetgan. Osmon bo'lgan bog'bon dadam,olamdan o'tdi, Tomiridan nihol o'nib,daraxt ham yerni quchdi.
Nihol o'sib katta bo'lar,tun-u kun uzun, Balki yillar o'tib borar,bildirmay mag'zun. Kecha o'zim yosh edimmi,qaribman bugun, Nabiralar bobom deya,bag'rimda gavjum.
Hayot buncha tez o'tmasa,hayron qolaman, Kecha qo'lga qalam olib,yozgandim she'rni. Mana bugun kechagiday,hayol parishon, O'tiribman o'sha she'rni,o'qib turibman.
Erta tongda quyosh yerni,o'padi mayin, Tun cho'kadi yorug'likka,yengildi sekin. Ko'zim ochib uyg'onsam,uxlab qolibman, O'ngimmi deb ko'rganlarim,tushimda ekan :) ...
Sasha.B - Ijodidan... Baxt Va Dard - Uchrashuvi..!
|